Tuesday, December 31, 2013

Yangi yil rezolushnlari!

Mana ikki yildan beri doimgidek Yangi yilga New Year Resolutionlari bilan kirmoqdaman. Bilmaganlar uchun eslatma: New Year Resolutionlari bu 10 ta qarorlaringiz bo’lib yangi yilda erishmoqchi bo’lgan maqsadlaringizni qog’ozga tushirish hisoblanadi.Bu yil esa menda 11 ta bo’lib ketti, quyida mening rezolushnlarim :

1. O’qishimda birinchi darajali diplom bilan bitirish
2.Kitobim yanvarning o’rtalarida chiqishi kerak
3.Armiyaga borib xizmat qilib kelish
4.O’zbekiston Xotira Chempionati
5.Fitnessga borish
6.Ish bo’yicha tajribamni oshirish, experiencega
7.Albatta bu yil yangi narsani o’rganish, yangi qobilyatlarni kashf qilish
8.Yomon illatlarimni kamaytirish va yaxshi hislatlarimni oziqlantirish
9.Master’sga tayyorgarlik
10.O’z loyiham va fikrlarimni realizatsiya qilish
11. ??????? (bunisi o’ta shaxsiy)


Albatta bularning hammasini o’z kundaligimda yozib boraman! Bunday odatni qilishdan avval , men o’zimga bunaqa ishni nima keragi bor edi deb o’ylardim. Xato o’ylagan ekanman, o’tgan yillarga qarasam deyarli hamma maqsadlarimning yoki rezolushnlarimning 60-70 % gacha amalga oshiribman va bu ish menga yil sarxisobi , uni qayta xulosalashda ham qo’l keladi.

Keyin bu hodisaga ilmiy adabiyotdan asos topishga urundim , aniqlanishicha shunchaki qog’ozga yozilgan maqsadlar yozilmaganlardan ko’ra ko’proq amalga osharkan. Agarda shu yozilgan maqsadni boshqa insonlar bilan baham ko’rilsa unga erishish ehtimoli yanada oshar ekan. Ilmiy tomondan tekshirilib, xulosa qilinibti. Shunday ekan Yangi yillaringiz bilan tabriklayman va yangi yilda yangi marralarni erishingizga, rezolushnlaringizni egallashingizni tilab qolaman!!! HAPPY NEW YEAR 2014!!

Friday, December 27, 2013

Hikoyat : ezgu o'ylarimizda bardavom bo'laykik

Tunov kuni eshitgan bir hikoyat mening kunimni bezadi. Ajoyib ma’no va motivatsiya berdi, shaxsan o’zimga!
 
“Bir kuni o’rmon o’t bilan yonib ketishni boshlabti, shunda kichkinagina musicha og’ziga bir qultum suv bilan o’rmonni oldiga borib , o’tni o’chirishga urinibti. Kichkina bo’lishiga qaramasdan bir necha marotaba og’zida suv olib borib o’chirishga harakat qildi. Buni ko’rgan qarg’a unga “Nima qilasan,ey tentakvoy, baribir ham qo’lindan hech narsa kelmaydi, o’chira olmaysan , allaqachon o’rmonning yonishi avjiga chiqdi, qo’ysanchi endi, bo’ladigan ishlarni qil”- deb tanbeh beribti. Shunda musicha qarg’aga  javob qaytaribti – “Men bu ishni faqat o’chirish uchun emas balkim ertaga Yaratganning oldiga borganda o’rmon yonayotganida nima qilib turding degan savolga hech bo’lmasam og’zimda suv tashib turdim deyish uchun ham qilmoqdaman”

Qissadan hissa, hammamizga ezgu istaklar bilan harakat qilish nasib qilsin va  o’ylagan niyatarimizda bardavom bo’laylik.

Tuesday, December 24, 2013

O'tmish kelajakning muvaffaqiyati garovi!!

Blog sohasida 1 yildan ortiq mobaynida klaviatura tebratib yurgan bo'lsamda, mening oldingi bloglarimni bu yerda ham yozib qo'yib, eslatib o'tishim kerak degan xulosaga keldim.

Birinchi bo'lib, http://mnemonika-uz.blogspot.com/
Asosan, Xotira yuzasidan yozishni boshlagan bo'lsam, bundan keyinchalik web-saytga o'tdik

Ikkinchisi, aynan web-saytga o'tish kerakligini his qildim va http://mnemonika.uz/ni
ustida ishlab , hozirda asosan https://www.facebook.com/MnemonikaUz?ref=hl shu feysbukdagi peyjda
ma'lumotlar berish bilan ovoramiz.

Bu blogimni ochishimdan maqsad esa bitta: o'z fikrlarim turli mavzularda yozib borish, negaki oldingi bloglarim aniq mavzu tanlagan bo'lsam, unda o'z fikrlarim hamda boshqa mavzulardagi  o'ylarimni yozish ozgina to'g'ri kelmas edi, endi buni shu yerda amalga oshiraman! Bir narsani aniq tushundim qanchalik ko'p maqola va blog post yozganim sayin ularning sifati ham oshmoqda, demak o'tmishdagi harakatlar kelajakka umud bag'ishlaydi!!!!

Friday, December 20, 2013

Stress menejment

Ҳамма эгалик қилиш аввал миямиздан, фикрларимиздан бошланади деб айтган эди афсонавий Брюс Ли. Сиз стресс ва салбий фикрлар оғушида қолиб кетсангиз ва бу холат кўп маротаба такрорланавериши нафақат хотирангизга ва ўрганиш қобилятингизга, балким кайфиятингиз ва соғлиғингизга ҳам зарари бор. Шунинг учун ҳам стресс бўлган пайтда ундан чиқиш ва чиқиш қанчалик муҳим эканлигини тушуниш тушкун ҳолатга тушмаслигингизга олиб келади. Қуйида эса айнан стрессга оид бир воқеага тўхталиб, стрессда қанчалик эрта қутулиш шунча сизнинг умумий миянгиз учун фойдали эканлигини кўрсатсак.

"Бир куни психолог ўқитиш хонасига кириб, стресс менежмент бўйича дарс беришини айтди Шунда у қўлига бир стакандаги сувни олди. Ҳамма бу психолог ҳозир стакан ярим тўлдирми ёки ярим бўшми деб сўрайди деб нолий бошлаганда , ўқитувчи бошқача савол бериб студентларни ҳайрон қолдирди. Бу стаканни оғирлиги қанча деб сўради?

Кўпчилик 50 граммдан тортиб то 100 граммгача деб жавоб қайтарди

У жавоб қайтарди – “Ҳақиқий вазн бундай ўлчанмайди. У стаканни қанча муддат ушлаб турганизга боғлиқ. Агарда сиз 1 минут қўлизда кўтариб турсангиз, бу муаммо эмас. Агар 1 соат ушлаб турсам қўлимда оғриқ пайдо бўлади, 1 кун ушлаб турсам, менинг қўлим ишламай , паралич бўлиб қолади. Ҳар бир ҳолатда стакандаги сувнинг вазни ўзгармайду, қанчалик узоқ вақт ушлаб турсам, шунчалик оғир бўлиб туюлавераду. Худди шундай стресс ва ҳаёт муаммолари ҳам бир стакандаги сувга ўхшайди. У муммолар ҳақида озгина ўйланг ҳеч нарса бўлмайди. Озгина кўпроқ ўйланг, улар сизга жароҳат беришни бошлайди. Ва агар сиз стресс бўлиб кун бўйи ўйлансангиз, сиз паралич бўлиб қоласиз”


Қиссадан ҳисса, стрессни ўтказиб юборишни ва қўйиб юборишни ўрганинг. Қанчалик эрта бўлса шунчалик соғлигингизга фойда. Уларни кун-у тун кўтариб юришни мўлжалламанг, аксинча стаканни қўйиб юборишни ўрганинг."


(“Мукаммал Хотира”  китобидан парча )

Thursday, December 19, 2013

BRAINCLUB natijasi!!!!

Bugun bir studentimdan xotira mashqlarining natijasi haqida feedback oldim. Ochig’i bunday ijobiy fikrlarni olish meni doimo ilhomlantirib, ruhlantirib, yanada ko’proq ishlashga undaydi. U qizning ismi Zebo bo’lib, meni oldimga 4 oy oldin kelgandi. Ilk kelganidan boshlab o’z muammosini aniq menga aytdi: KONSENTRATSIYA. Darsda o’tirsa va umuman hayotda ko’p holatlarda fikrini bir joyga qo’ya olmayotganidan nolidi. Va men shunga monand bir mashqni tavsiya qildim. Mana quyida o’sha mashqning qanday qilish haqida ko’rsatma.

DIQQAT : agar sizda ham konsentratisya bo’yicha muammo bo’lsa bemalol shu mashqdan foydalanishingiz mumkin.

MASHQ : Ko’z oldingizda bir nuqtani belgilab olasiz va o’sha nuqtaga qarab o’tirasiz. Maqsad bir nuqtaga, faqat bir nuqtaga qarab ko’proq muddatda diqqatni jamlash. Konsentratsiya qilgan paytda esa hayolingizga har xil fikrlar kela boshlaydi va shunday bo’lganda ham siz fikrlaringiz oqimini oddiygina bir nuqtaga qayta qarating. Va shu zaylda har kuni ko’proq minut shunday qilishga harakat qilib ko’ring.

Qizig’i, Zebo boshida bu mashqni qilganida atigi 45 sekund e’tiborini ushlab qolibti, keyin esa kunma kun mashqlar oqibatida 1 oy deganda naqd 45 minut davomida bir nuqtaga qaraydigan darajaga yetishibti. Buning natijasi o’laroq, Zebo endi darslarda turli xil hayollar bilan emas aniq fanni o’ylaydigan, uy ishi qilayotganda turli bo’lar-bo’lmaslarga hayolini berib qo’ymaydigan darajaga chiqdi. Undan tashqari , Zebo mnemonika texnikalarini o’qish jarayonlarida, hayotida, va yangi so’zlar yodlashda qo’llab ajoyib natijalarga ega bo’layotgani hamda o’z o’ziga bo’lgan ishonchi oshdi ham!!!! Bu tajriba meni juda ham hursand qildi.


Demak, biz asosiy maqsaddan chetga chiqmagan holda o’quvchilarning o’rganish sohalariga foydamiz tegdi. Balkim bu yerda oddiygina ko’p mashq qilish yotar, yoki kuchli motivatsiya, yoki tinimsiz ishtiyoq. Nima bo’lganda ham bunday fikrlar, va tajriba biz uchun foyda berishini ko’rsatadi.

Sunday, October 27, 2013

KOmedia „OPTIMISTIK YURAK VA REALISTIK NIGOH“ SOHIBI

Yozning 21-avgustidan 27-avgustigacha Kelajak Ovozi tomonidan tashkillashtirlgan "Media Oromgohida" bo'lishga muvaffaq bo'ldim. U yerda o'zimning jurnalistika sohasida sinab ko'rmoqchi bo'lib, bosma jurnalistikada malaka va ko'nikmalarimni rivojlantirdim. Shunday paytlarning birida oromgohning kunlik gazetasida men haqimda maqola yozilishiga ham erishdim:)))

Quyida o'sha gazetadan parcha

"  „OPTIMISTIK YURAK VA REALISTIK NIGOH“ SOHIBI
“Kelajak ovozi” YoTM faoliyati davomida ko’plab iqtidorli yoshlarni kashf etib keladi, ularga “muvaffaqiyat narvoni”dan yanada shiddatliroq ko’tarilishga yordam beradi. Media-oromgohga birinchi bor kelgan Shohruxmirzo Rahimov ham ana shunday yoshlardan.

Inson — sirli mavjudot. Onasini qornida 10 oylik bo‘lib dunyoga kelgan bola haqida hali hech kim eshitmagan bo‘lsa kerak. Eynshteyndek daho kashfiyotchi bu bosqichni 13 oy boshidan kechirgan edi. Odamzot bu dunyoga kelar ekan, orzulari ortidan ergashib ne-ne qiyinchilik va mashaqqatlarni boshidan kechirmaydi, deysiz. Bizning zamonda qiyinchiliklarga bardoshli, irodali shaxslarni oramizdan topish qiyin bo‘lib qolgan. O‘z ustida tinimsiz mehnat qiladigan qahramonimiz o‘zining ta‘biricha, realistik nigoh, optimis-tik yurak sohibi. Shohruxmirzo 1992 yil Andijonda tug‘ilgan, maktabda xorijiy tillar, adabiyot, tarix, iqtisod fanlariga bo‘lgan qiziqishi tufayli Toshkent Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga o‘qishga kirishga qaror qildi. Boshida ozgina qo‘rqdi, ammo bilimiga ishonib o‘zida kuch topdi. Davlat granti asosida talabalik baxtiga erishdi. „O‗sha kun onamning ko‘zidan oqqan quvonch yoshlarini hech ham unuta olmayman,―-deydi qahramonimiz. Yoshgina yigitcha poytaxtga kelib bu yerda o‘z yo‗lini tanlagan kasbida o‘z o‘rnini topa olarmikinman, deb hayiqqan bo‘lsada, baribir faqat oldinga intildi.
―KO― yoshlar tashabbuslari markazi tomonidan uning mnemonika inte-lektual qobiliyatni kuchaytirishga oid loyihasi hozir ko‘rib chiqilish arafasi-da turibdi. Shoxruh ingliz, rus, fransuz tillarida erkin muloqot qila oladi. Miyaning fikrlash va ma‘lumotlarni xotirada saqlab qolishga oid ilmiy-ommabop maqolalari markaziy va xususiy nashrlarida chop etilgan. Respub-lika debat chempionati g‘olibi. Mnemonika.uz veb-sayti muallifi. Nomzod-dan kuchli xotirani siri nimada degan savolimizga miyaning ishlash tamoyillarini tog‘ri yo‘naltirish kerak. Eslab qolish qiyin bo‘lgan atama va terminlarni assotsiatsiya qilish orqali xotirangizni mustah-kamlashingiz mumkin, deb maslahat berdi. Qizig‘i shundaki, u 1 minutda 1000 ta so‗zni o‗qiy oladi, xuddi Amerika prezidenti John Kennediga o‗xshab. Yarim soatlik nutqni, 5 minutda 200 ta raqamni eslab qolishdek o‘ziga xos yashirin qobiliyati bor. IQ ga ishonmaydi. Chunki IQ insonning bor qobiliyat-ni ilg‘ay olmaydi, deb hisoblaydi. Ko‘proq ilmiy-ommabop nashrlarni mutolaa qiladi. Dunyoqarashi keng, fikrlari tiniq, kelajakdan umidlari katta. Falsafa va psixologiya fanlarida o‘zini erudit deb biladi. O‘ziga ishonchi baland-ku, ammo biroz tortinchoqroq. Butun jahon xotira chempionatlarida har yili qatnashadi va O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib nufuzli o‘rinlarni olib qaytadi. Shvetsiya, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlarda iqtisod sohasi bo‘yicha kurslarda ta‘lim olgan. „Mashhur ruhshunos Toni Buzoning „Use your head“ degan asarini o’qib xotira san’atiga qiziqib qol-ganman. Mnemonika bu miyani mexanik tarzda sun‘iy yo‘l bilan organizmning aqliy funksiyalarini kuchaytirishdir. Xotirasi kuchli insonni qulatib bo‘lmas ulkan tog‘ga qiyoslash mumkin. Xotira bu inson tafakkuri, ongi, dunyoqarashining aksi. Mnemonika mashqlari, avvalo, xotirani rivojlantirish va bu orqali o‘z aqliy qobiliyatni yaxshilashga, o‘qishda, kundalik hayotda faol bo‘lishga yordam beradi. Til o‘rganayotgan kezlarim so‘zlarni yodlab qolishda biroz qiynalardim. O‘shandan boshlab mnemonika bilan shug‘ullanishni boshlaganman. Ta‘siri tezda sezilgan. Inson ruhiyati murakkab. Har qanday kasb egasi psix-ologiyani yaxshi bilishi kerak. Bu har qadamda, ayniqsa, insonlar bilan muomalada bo‘lganda va ish jarayonida asqotishi aniq,‖ -deydi qahramonimiz. U Kelajak lingvoda ―Brain-club‖ nomli to‘garak tashkil etib, o‘quvchilariga muntazam ravishda bir-biridan qiziqarli treninglari bilan ko‘pchilikni lol qoldirgan.

Mirjalol Mirsabitov, “Brain club” a’zosi:
Shoxruhning treningida birinchi marta qatnashiboq, unga havasim ortgan. Uning xotirani mus-tahkamlash, ayniqsa, turli tillarni assotsialar yordamida birvarakayiga o‘rganish usullaridan ancha ilhomlanganman.
Shoxruh aqliy qobiliyati yuqori kishilarga havas qiladi va ularga o‘xshashga intiladi. Amerikalik investor multimillioner Varren Baffetning ashaddiy muxlisi. Insonning yaxshi yomon hislatlariga qarab emas, qilgan ishlari, insoniyligiga qarab muomala qiladi. Hazilkashlikka moyil, o‘ta kamtar qahramonimiz Gandi g‘oyalariga shu qadar sodiqligidan hatto, dushmaniga ham yaxshilik qilishga harakat qiladi. Bu uning insoniy hislati. Aynan shu hislati tufayli ba‘zida pand yeydi, ba‘zida esa maqtov. Hayotida har doim yaqin-lariga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor, qo‘li ochiq, qalbi toza inson eng og‘ir kunlarida ham ortga chekinmaydi.
U haqida do‘stlari aytgan qiziq fakt. U bir kunda ―atigi‖ 7 soat uxlaydi xolos. Ammo bu uyquchilik alomati emas. Maqolalarini ba‘zida shevada yozadi. Shundan ham jurnalistikaga ―yangi‖ kirgani sezilib turadi. Biroq yozishga qobiliyati va mahorati yetarli. Juda ko‘p davlatlarda bo‘lgan-u ammo, hali AQShni zabt etganicha yo‘q. Kelajakda u Everest va undan yuqori ilm cho‘qqilarni-da zabt etishiga ishonchimiz komil.
Odina QULMURODOVA
“KO media” gazetasi muxbiri
4-son (2013-yil, 26-avgust)
KO kashfiyoti"

ushbu blogdan gazetaning elektron versiyasi olindi.
http://abdurashidbek.blogspot.com/2013/08/ko-news-4-son-2013-yil-26-avgust-2.html

Wednesday, October 2, 2013

You never know what happens tomorrow

Vanihoyat, Ginnes Rekordlari Kommiteti Xotira Sporti va Aqliy sportlarni o’zining navbatdagi kitobi sonigi qo’shdi. Oldinlari xotira sportini ular mensimagan yoki bo’lsa boshqa insonlar uchun zerikarli deb bilgani tufayli qo’shmasdan keldi lekin 2014 yildan boshlab kitobning ikki sahifasi butunligicha Aqliy Sportning yutuqlari bilan to’ldi!!

Ginnesning Rekordlari kitobi bu dunyo bo’ylab inson hamda tabiatning noodatiy holatlarini rekordlarini nashr qiluvchi yillik chop etiladigan kitob. Kitobning o’zi ham eng ko’p sotilingan kitob sifatida record natijaga erishgan. Kitob 1955 yildan beri chiqyotganini hisobga olsak, o’zining keng muhlislariga ega ham bo’lgan. Qizig’I, ushbu kitob AQSH da kutubxonadan o’g’irlanadigan eng ko’p kitob hamdir. Insonlarning ajabtovur hislatlarini yozib borishga moslashgan bo’lib, bu “fishka” ba’zida odamlarni maxsus Kitob uchun kirishga turli jasoratlarni ko’rsatishiga ham sabab bo’lib kelmoqda.

Oldinlari xotira sportiga Ginnes rahbariyati mensimaslik bilan qarab, bu aqliy qobilyatlarni kitobga qo’shmaslikka qaror qilgandi. Shuning oqibatida Toni Buzan rahbarligida aynan shu gaplariga qasddan Aqliy Savodxonlikni alohida rekordlari tuzib kitob qilib chiqarish rejalashtirilgandi. Ammo mana bu yil ular Xotira sporti, aqliy ko’paytirish kabi qobilyatlar vanihoyat o’zining kitobiga qo’shishga ahd qilishdi. Bu albatta barcha xotira sporti vakillari tomonidan kata hursandchilik bilan qabul qilindi. Aytib o'tish kerakki oldinlari xotira sportchisi 5 minutda 100 ta raqamni eslaganda, olimlar bu insoniyat uchun chegara va eng cho'qqiga erishdik degan bo'lsa , hozirda 5 minutda 500 ta raqam eslaganini eshitgan olimlar lol qolishdi. 

Qisqacha Ginnes Rekordlariga kirgan xotira sporti vakillari yoki Jahonning eng kuchli Mnemonistlari haqida :


Boris Konrad – 15 minut ichida 201 ism-sharif hamda inson yuzlarini birgalikda eslab qoldi!
Simon Reynhard – 21.19 sekund ichida o’ynovchi kartalarni 52 tasini birma-bir ko’rib chiqib hammasini o’rni o’rni hamda kartaning belgisini eslab 100% aniqlikda eslab qolgan.!
Yohannes Melou esa 5 daqiqa mobaynida  131 ta tarixiy sanani yodida saqlab qola olgan!
Ben Pridmor 30 minutda aniq 17 dona o’ynovchi kartalarni eslab qolib hammani larzaga slogan (884 dona axborot).

 

Undan tashqari aql va xotira nomli bobda eng tez 10 xonali sonlarni miyasida qo’shuvchi, ko’paytiruvchi, ildizdan chiqaruvchi, rubik kubikni tez o’ynovchi , kalendarlarni tezda hisoblay oladigan bir qancha insoniyatning rekordlari yozib borilgan!


Bu Ginnesning Rekordlari kitobiga kirgan shaxsan o'zim taniydigan insonlarga qarab, bir xulosamni aytaman. Ularning deyarlik hammasi  0 dan boshlagan , to'g'ri qaysidur ma'noda tabiatdan talant sohibi bo'lishi mumkin ammo hammasi qattiq mehnat, aniq strategiya, to'g'ri texnika va tuganmas motivatsiya natijasining mevasi. BUnga hech ham shubha qilishning keragi yo'q.

Inson qobilyatlari cheksiz va biz doimo yangidan yangi rekordlarni urishdan charchamaymiz!! Va bu xotira sporti uchun bajarilgan ishdan o’zimni , Mnemonist an’analari davomchisi va xotira sportchisi sifatida, faxrlanishimga sabab bo’ldi. Balkim yaqin kelajakda Olimpiada o’yinlariga ham davogarlik qilar , kim bilsin , ertaga nima bo’lishini bilmaysan kishi.(You never know what happens tomorrow)




Saturday, September 28, 2013

Yangi o'quv yili bilan, o'qishga yangicha qarashlar bilan!!

Ko’pchilik institutlarda 2-sentyabrdan o’qish boshlangan bo’lsa ham, Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti 23-sentyabrdan talabalarni yangi o’quv yili sari chorladi. Shu munosabat bilan yangi qo’shilgan studentlarga 4-bosqich talabasi sifatida bir qancha imtixonga tayyorlanish va imtixon uchun xotirani rivojlantirish bo’yicha 10 ta maslahatni baham ko’rmoqchiman. Deyarli barcha maslahatlar o’z tajribam va malakamdan kelib chiqqan holda berilgan.
1.      Prokrastinatsiya – ya’ni imtixonga tayyorlanishni kechga qoldirish. Bu deyarli barcha institut talabalari orasida keng tarqalgan kasallik hisoblanadi. Prokrastinatsiya tufayli o’quvchi imtixonga bir hafta qolganda bor kuchi bilan tayyorlanib, imtixonni amallab chiqadi. Bu holat salbiy bo’lib, fanni yuzaki o’rganish va imtixonda past baho olish va yana ham stress holatlarini keltirib chiqaradi. Bunday salbiy odatni yo’q qilish uchun aniq kichkina planlashtirishlar bilan kuniga bir fandan oz-oz o’qib borish lozim. Prokrastinatsiyani yengish natijasida, stress holatiga tushmasdan imtixonning “piece of cake” bo’lib chiqishiga olib keladi.
2.      Takrorlash – o’rganishning onasi!! Bu qonunni deyarli har doim eshitganmiz, lekin uni amaliyotiga kelganda ko’pchilik oqsaymiz.  Maslahatim, iloji boricha kitobdagi eng muhim va imtixonda tushish ehtimoli yuqori bo’lgan joylarini ko’proq takrorlab uni hazm qilishga harakat qiling. Qanchalik erta takrorlashni boshlasangiz, shunchalik mavzuni eslab qolish yaxshi bo’ladi. Yodda tutingki, odatda imtixondan bir kun avval o’qilingan ma’lumot xotiradan darrov chiqib ketadi, biroq uzoq muddat davomida takrorlangan axborot uzoq muddat saqlanib qolinadi.
3.      Past papers – o’tgan yilgi imtihon savollari sizga bu yilgi savollar qanday bo’lishi mumkinligi haqida yaxshi ma’lumot beradi. Shu sababli ularni ko’rib chiqish foydadan holi bo’lmaydi. Bu imtixon haqida to’liqroq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi. Shunday paytlar bo’ladiki o’tgan yilgi imtixon savollariga o’xshash savollar bu yil tushib qolishi mumkin yoki umuman boshqa shaklda tushishi mumkin. Nima bo’lsa ham iloji boricha ko’proq past paperlarni ko’rib chiqish hech qachon sizga ziyon qilmaydi.
4.      O’rgating – Ollox taolo tabiatni shunday qonuniyat bilan yaratibdiki, agar siz egoistlik qilmasdan o’z bilimingizni boshqa insonlar bilan baham ko’rsangiz, qarangki sizning o’sha mavzu yuzasidagi bilimlaringiz va mavzuni tushunishingiz “ko’rinmas qo’l” yordamida ortib borarkan. Shuning uchun doimo mavzuni boshqa insonga tushuntiring va o’z bilimingizni oshiring. Yoki bo’lmasam O’rgatish orqali o’rganing!!
5.      O’z ustida ishlash – Juda ko’pchilik studentlar qiladigan xatolikni qilmang. Ya’ni hamma bilim lektor yoki o’qituvchidan kelishi kerak, u professor meni miyamga hamma imtixon uchun kerakli bo’lgan narsani quyib qo’yishi kerak deb hech qachon o’ylamang. Aksincha, o’z ustingizda ishlashni o’rganing, o’zingiz imtixonga tayyorlanishda davom eting, albatta o’qituvchining ko’magi bilan. Yana, bilib qo’ying faqatgina institut bergan fanlarni o’qish bilan chegaralangmang iloji bo’lsa doimo o’z-o’zini boshqarish haqidagi va self-help kitoblarni o’qib institut yillaringizni shaxsiy rivojlanishga sarflasangiz, bu mehnatingiz kelajakda o’z samarasini beradi.

Va albatta, butun o’quv yilini faqat o’qish, o’qish va yana o’qish bilan to’ldirib yubormang. O’qishdan tashqari ijtimoiy hayotni ham a’lo darajada o’tkaizng. Turli organizatsiyalarda volontyor bo’ling va har xil tanlovlarda qatnashishga harakat qiling. To’garaklarga a’zo bo’ling va jismoniy sport bilan shug’ullaning. Bu o’qishdan tashqari mashg’ulotlar sizning magistraturaga topshirayotganingizda juda asqotadi.!!!

6.      Odatda imtixon savollari kitobning oxiridan ba’zida esa boshqa kitoblarning oxirgi savollar qismidan ko’p marotaba tushadi shuning uchun ham fan bo’yicha kitob o’qilinayotganda mavzudan so’ng keladigan savollarga albatta javob berib ketishga harakat qiling. Undan tashqari tadqiqotlar ko’rsatadiki savol-javoblarda qatnashish mavzu yuzasidagi bilimni eslab qolishda ko’mak beradi.
7.      Group study – guruxlarda tayyorlanish. Gurux bo’lib guruxdoshlar bilan tayyorlanishni ham o’z gashti bor. Unda savollar va diskussiya orqali hamda har bir odamning o’z fikri, qarashi va misollari orqali mavzuni yanada kengroq tushunishga muvaffaq bo’lasiz. Ba’zida lekin guruxlarda tayyorlanish imtixonga tayyorgarlik emas balkim shunchaki do’stona suhbat bilan o’tib ketadi. Bu ham qaysidur ma’noda foyda negaki miya dam olishi kerakku! Asosiysi esa o’sha suhbat sizni imtixonga tayyorlanishda cheklab qo’ymasin.
8.      Doimo o’zingizning o’rganish qobilyatlaringizga e’tibor bering. Konspekt qilish sizga ijobiy ta’sir qilsa, konspekt qilib boring. O’rganganda ham doimo bir xil usulda o’rganishdan cheklaning, turli o’rganish metodlarini kashf qiling masalan , concept mapping, mindmap, flash cards, savol-javob va hokazo. Shuningdek, fanga nisbatan doimo qiziqish oshib borsin, negaki qiziqish xotira va o’rganishning asosi hisoblanadi. Mabodo qiziqish yo’q bo’lsa fanga undan qanday moddiy manfaat olish hamda boshqa fanlarga va hayotingizga u fanni bog’lashga urining. Deyarli hamma fanlarni to’liq A baholariga yopuvchi Jahongir Isakovdan bir yana tip : iloji boricha birinchi yilda o’tilingan fanlarni keying yilgi fanlarga bog’lashga harakat qiling, negaki ular chambarchas bog’liq tizimda tuzilgan bo’lib, qaysidur fanni yaxshi tushunmaslik Domino effekti sifatida boshqa fanni o’zlashtirishingizga ta’sir qiladi.
Qo’shimchasiga, doimo o’zingizning tayyorlanish odatlaringizga e’tibor bering, kimdir guruxlarda yaxshi o’rganadi va yana kimlardur esa o’zi yakka kitob o’qish va internet orqali o’rganishni ma’qul ko’radi. Eng muhimi o’zingiz uchun ishlaydigan eng yaxshi usulni tanglang.
9.      Imtixonda doimo “surpriz”larga tayyor turing. Goh-gohida imtixon savollari tuzuvchi shaxslar o’quvchilarga surpriz tayyorlashga usta bo’ladi. Agar maboda shunday bo’lsa ham havotirga tushmasdan iloji boricha , miyangizdan kelganicha javob yozib chiqishga harakat qiling. Darvoqe, to’g’ri va savollarga aniq, ravon javob berish ham muhim. Shuning uchun imtixon savollariga yozish bo’yicha ozgina mashq ziyon qilmaydi. Ba’zida imtixonda amaliyotga tayyorlansangiz nazariya savollar tushib qolishi bor va ayrim holatlarda buni aksi bo’ladi. Yoki bo’lmasam siz biladigan so’zni sinonimi kelib qolishi yoki siz ko’rmagan mavzu kelishi haqiqat. Buning qanchalik tez anglasangiz shunchalik surpriz siz uchun odatiy holat bo’lib qoladi.
10.  Oraliq nazoratlarida va ayniqsa Assignment (kursovoy ish ) yozayotganingizda bilib qo’ying Internet sizning eng ishonchi hamrohingiz. Ayniqsa Google, negaki google deyarli hamma savollaringizga javob bera oladigan darajaga yetgan. Undan tashqari, iloji bo’lsa o’tgan yilgi studentlarning fan bo’yicha kursovoy ishlarini ko’rib chiqish ham sizga qaysidur ma’noda kursovoy ishlarigizni yanada mukammal yozishga fikr beradi. O’qituvchidan aniq kommentlar olish va doimo u bilan aloqada bo’lishni unutmang. Va iloji bo’lsa fan modul lideridan o’qituvchingiz kursovoy ishni aynan qaysi sohalariga ko’roq e’tibor berilishini so’rab aniqlashtirib olsin. BU o’ta o’ta muhim!



Xullas, Yangi o’quv yili bilan Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti yangi talabalarini (Foundation Yearni) tabriklayman. Ularga o’qishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolaman. O’ylaymanki, yuqoridagi maslahatlar ozgina bo’lsa ham sizga o’qishingiz davomida asqotadi!!


Monday, September 9, 2013

Blogosfera

Hozirda chet-eldagi ko’plab mashxur insonlarning o’z bloglarini yuritib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Internet odamlarning o’z fikr va qarashlarini omma bilan baham ko’rishda ham chinakamiga yangilik yaratdi. Buni qarangki, O’zbekistonda ham internet foydalanuvchilarining soni ortishi hamda internet tezligining yaxshilanishi oqibatida bir qancha “O’zbek” bloggerlari paydo bo’lib qolmoqda. Ularning qisqa ro’yhatlarini http://uzbloggerlar.blogspot.com/orqali  kuzatib borish bo’yicha loyiha yaqinda ishga tushdi.


Shu o’rinda savol tug’iladi : Blog bu nima? Uning boshqa jurnalistika sohalaridan farqli jihatlari qanday? Bu savollarga javob topish va jurnalistika bo’yicha o’z malakamni oshirish maqsadida Kelajak Ovozi va Fund Forum tomonidan tashkil etilgan Media-oromgohida yaqinda qatnashib keldim. Ochig’i, Media-oromgoh kutganimdan ham a’lo o’tdi, u yerda jurnalist kim va qanday bo’lishi , internet jurnalistika va bosma jurnalistika bo’yicha malaka oshirish, turli shu soha vakillari tomonidan master-klass hamda treyninglarda qatnashib o’zimning xobbi sifatida qaraydigan jurnalistika bo’yicha qalamimni o’tkirlashtirib oldim desam ham bo’ladi. Eng qizig’i, u yerda bir hafta davomida deyarli bir mavzu juda ko’p diskussiya qilindi : Blogger bu jurnalistmi yoki yo’q? Aynan ushbu savol ketidan bir qancha qiziq munozaralarni guvohi ham bo’ldik Blogger jurnalistika bo’yicha ta’lim olishi kerakmi? Unda qanday majburiyatlar bo’lishi lozim? Proffessionalizm hamda havaskorlik bloggerlar orasida?

Shu hisobda olgan taassurotlarim haqida xulosa qilsam, blog bu insonlarning shaxsiy fikrlari yozib boriladigan bir INTERNET KUNDALIK. Blogger yon atrof va o’zi uchun ma’lum bo’lgan soha bo’yicha fikrlari bilan o’rtoqlashishi mumkin. Undan tashqari havaskor bo’lgan jurnalistlar yoki jurnalistikaga dahli bo’lmagan “jurnalistlar” ham o’z so’zini aynan shu orqali ham isbotlashmoqda. Shaxsan o’zim doimo iqtisodchi Pol Krugmannning New York Times dagi bloglarini doim kuzatib boraman.( http://krugman.blogs.nytimes.com/)  Lekin shu o’rinda aytib o’tish darkorki, bu soha ustozlarimizning gaplariga qo’shilmasdan ilojimiz yo’q : jurnalistikaning fundamental qoidalaridan habardor bo’lish ham bloggerning foydasiga bo’ladi . Media-Lagerda yana blogger jurnalismi degan savol ham ko’p yangradi, ko’pchilik fikricha bloggerlar bu havaskor jurnalist.

Fikrlar fikr chaqiradi deb aytgandi, va aynan bizning hozirda fikrga muhtoj bo’lgan paytimizda o’z fikrlarimizni qaysidur joyda saqlab ularni baham ko’rishga muhtojlik sezasan kishi - bu insonning ajoyib instikrlaridan biri bo’lsa kerak. Blogger nafaqat fikr beradi balkim boshqa insonlarda fikr va fikrlashga chaqiradi. Mavzu yuzasidan boshqa rakursdan qarashga o’rgatadi. Savol berishga undaydi , va bizni eng muhim bo’lgan, shaxsiy qarashlarimizni o’tkirlashtiradi. Ammo bu degani blogger hamma narsani yozishi kerak degani emas, albatta unda ma’sulyat  bo’lishi ham kerak.


Kelajakda shuni ham aytishim mumkinki, barcha sof jurnalistlarning ham o’z blogi bo’ladi. Buni hozirdan ham trend sifatida ko’rish mumkin. Shu maqsaddaki, men ham o’z blogimni , shaxsiy e-kundaligimni yuritishni davom ettirmoqdaman. Oldingi blogimni asosan mnemonika va inson miyasi haqida qilganim uchun uni rivojlantirib mnemonika.uz web-saytiga o’tdik , ammo mening o’z shaxsiy fikrlarimni yozib boradigan alohida blogga muhtojlik sezganim va blogosferaning rivojlanishi oqibatida , alohida blogimni qayta yuritishni boshladim.