Tuesday, December 31, 2013

Yangi yil rezolushnlari!

Mana ikki yildan beri doimgidek Yangi yilga New Year Resolutionlari bilan kirmoqdaman. Bilmaganlar uchun eslatma: New Year Resolutionlari bu 10 ta qarorlaringiz bo’lib yangi yilda erishmoqchi bo’lgan maqsadlaringizni qog’ozga tushirish hisoblanadi.Bu yil esa menda 11 ta bo’lib ketti, quyida mening rezolushnlarim :

1. O’qishimda birinchi darajali diplom bilan bitirish
2.Kitobim yanvarning o’rtalarida chiqishi kerak
3.Armiyaga borib xizmat qilib kelish
4.O’zbekiston Xotira Chempionati
5.Fitnessga borish
6.Ish bo’yicha tajribamni oshirish, experiencega
7.Albatta bu yil yangi narsani o’rganish, yangi qobilyatlarni kashf qilish
8.Yomon illatlarimni kamaytirish va yaxshi hislatlarimni oziqlantirish
9.Master’sga tayyorgarlik
10.O’z loyiham va fikrlarimni realizatsiya qilish
11. ??????? (bunisi o’ta shaxsiy)


Albatta bularning hammasini o’z kundaligimda yozib boraman! Bunday odatni qilishdan avval , men o’zimga bunaqa ishni nima keragi bor edi deb o’ylardim. Xato o’ylagan ekanman, o’tgan yillarga qarasam deyarli hamma maqsadlarimning yoki rezolushnlarimning 60-70 % gacha amalga oshiribman va bu ish menga yil sarxisobi , uni qayta xulosalashda ham qo’l keladi.

Keyin bu hodisaga ilmiy adabiyotdan asos topishga urundim , aniqlanishicha shunchaki qog’ozga yozilgan maqsadlar yozilmaganlardan ko’ra ko’proq amalga osharkan. Agarda shu yozilgan maqsadni boshqa insonlar bilan baham ko’rilsa unga erishish ehtimoli yanada oshar ekan. Ilmiy tomondan tekshirilib, xulosa qilinibti. Shunday ekan Yangi yillaringiz bilan tabriklayman va yangi yilda yangi marralarni erishingizga, rezolushnlaringizni egallashingizni tilab qolaman!!! HAPPY NEW YEAR 2014!!

Friday, December 27, 2013

Hikoyat : ezgu o'ylarimizda bardavom bo'laykik

Tunov kuni eshitgan bir hikoyat mening kunimni bezadi. Ajoyib ma’no va motivatsiya berdi, shaxsan o’zimga!
 
“Bir kuni o’rmon o’t bilan yonib ketishni boshlabti, shunda kichkinagina musicha og’ziga bir qultum suv bilan o’rmonni oldiga borib , o’tni o’chirishga urinibti. Kichkina bo’lishiga qaramasdan bir necha marotaba og’zida suv olib borib o’chirishga harakat qildi. Buni ko’rgan qarg’a unga “Nima qilasan,ey tentakvoy, baribir ham qo’lindan hech narsa kelmaydi, o’chira olmaysan , allaqachon o’rmonning yonishi avjiga chiqdi, qo’ysanchi endi, bo’ladigan ishlarni qil”- deb tanbeh beribti. Shunda musicha qarg’aga  javob qaytaribti – “Men bu ishni faqat o’chirish uchun emas balkim ertaga Yaratganning oldiga borganda o’rmon yonayotganida nima qilib turding degan savolga hech bo’lmasam og’zimda suv tashib turdim deyish uchun ham qilmoqdaman”

Qissadan hissa, hammamizga ezgu istaklar bilan harakat qilish nasib qilsin va  o’ylagan niyatarimizda bardavom bo’laylik.

Tuesday, December 24, 2013

O'tmish kelajakning muvaffaqiyati garovi!!

Blog sohasida 1 yildan ortiq mobaynida klaviatura tebratib yurgan bo'lsamda, mening oldingi bloglarimni bu yerda ham yozib qo'yib, eslatib o'tishim kerak degan xulosaga keldim.

Birinchi bo'lib, http://mnemonika-uz.blogspot.com/
Asosan, Xotira yuzasidan yozishni boshlagan bo'lsam, bundan keyinchalik web-saytga o'tdik

Ikkinchisi, aynan web-saytga o'tish kerakligini his qildim va http://mnemonika.uz/ni
ustida ishlab , hozirda asosan https://www.facebook.com/MnemonikaUz?ref=hl shu feysbukdagi peyjda
ma'lumotlar berish bilan ovoramiz.

Bu blogimni ochishimdan maqsad esa bitta: o'z fikrlarim turli mavzularda yozib borish, negaki oldingi bloglarim aniq mavzu tanlagan bo'lsam, unda o'z fikrlarim hamda boshqa mavzulardagi  o'ylarimni yozish ozgina to'g'ri kelmas edi, endi buni shu yerda amalga oshiraman! Bir narsani aniq tushundim qanchalik ko'p maqola va blog post yozganim sayin ularning sifati ham oshmoqda, demak o'tmishdagi harakatlar kelajakka umud bag'ishlaydi!!!!

Friday, December 20, 2013

Stress menejment

Ҳамма эгалик қилиш аввал миямиздан, фикрларимиздан бошланади деб айтган эди афсонавий Брюс Ли. Сиз стресс ва салбий фикрлар оғушида қолиб кетсангиз ва бу холат кўп маротаба такрорланавериши нафақат хотирангизга ва ўрганиш қобилятингизга, балким кайфиятингиз ва соғлиғингизга ҳам зарари бор. Шунинг учун ҳам стресс бўлган пайтда ундан чиқиш ва чиқиш қанчалик муҳим эканлигини тушуниш тушкун ҳолатга тушмаслигингизга олиб келади. Қуйида эса айнан стрессга оид бир воқеага тўхталиб, стрессда қанчалик эрта қутулиш шунча сизнинг умумий миянгиз учун фойдали эканлигини кўрсатсак.

"Бир куни психолог ўқитиш хонасига кириб, стресс менежмент бўйича дарс беришини айтди Шунда у қўлига бир стакандаги сувни олди. Ҳамма бу психолог ҳозир стакан ярим тўлдирми ёки ярим бўшми деб сўрайди деб нолий бошлаганда , ўқитувчи бошқача савол бериб студентларни ҳайрон қолдирди. Бу стаканни оғирлиги қанча деб сўради?

Кўпчилик 50 граммдан тортиб то 100 граммгача деб жавоб қайтарди

У жавоб қайтарди – “Ҳақиқий вазн бундай ўлчанмайди. У стаканни қанча муддат ушлаб турганизга боғлиқ. Агарда сиз 1 минут қўлизда кўтариб турсангиз, бу муаммо эмас. Агар 1 соат ушлаб турсам қўлимда оғриқ пайдо бўлади, 1 кун ушлаб турсам, менинг қўлим ишламай , паралич бўлиб қолади. Ҳар бир ҳолатда стакандаги сувнинг вазни ўзгармайду, қанчалик узоқ вақт ушлаб турсам, шунчалик оғир бўлиб туюлавераду. Худди шундай стресс ва ҳаёт муаммолари ҳам бир стакандаги сувга ўхшайди. У муммолар ҳақида озгина ўйланг ҳеч нарса бўлмайди. Озгина кўпроқ ўйланг, улар сизга жароҳат беришни бошлайди. Ва агар сиз стресс бўлиб кун бўйи ўйлансангиз, сиз паралич бўлиб қоласиз”


Қиссадан ҳисса, стрессни ўтказиб юборишни ва қўйиб юборишни ўрганинг. Қанчалик эрта бўлса шунчалик соғлигингизга фойда. Уларни кун-у тун кўтариб юришни мўлжалламанг, аксинча стаканни қўйиб юборишни ўрганинг."


(“Мукаммал Хотира”  китобидан парча )

Thursday, December 19, 2013

BRAINCLUB natijasi!!!!

Bugun bir studentimdan xotira mashqlarining natijasi haqida feedback oldim. Ochig’i bunday ijobiy fikrlarni olish meni doimo ilhomlantirib, ruhlantirib, yanada ko’proq ishlashga undaydi. U qizning ismi Zebo bo’lib, meni oldimga 4 oy oldin kelgandi. Ilk kelganidan boshlab o’z muammosini aniq menga aytdi: KONSENTRATSIYA. Darsda o’tirsa va umuman hayotda ko’p holatlarda fikrini bir joyga qo’ya olmayotganidan nolidi. Va men shunga monand bir mashqni tavsiya qildim. Mana quyida o’sha mashqning qanday qilish haqida ko’rsatma.

DIQQAT : agar sizda ham konsentratisya bo’yicha muammo bo’lsa bemalol shu mashqdan foydalanishingiz mumkin.

MASHQ : Ko’z oldingizda bir nuqtani belgilab olasiz va o’sha nuqtaga qarab o’tirasiz. Maqsad bir nuqtaga, faqat bir nuqtaga qarab ko’proq muddatda diqqatni jamlash. Konsentratsiya qilgan paytda esa hayolingizga har xil fikrlar kela boshlaydi va shunday bo’lganda ham siz fikrlaringiz oqimini oddiygina bir nuqtaga qayta qarating. Va shu zaylda har kuni ko’proq minut shunday qilishga harakat qilib ko’ring.

Qizig’i, Zebo boshida bu mashqni qilganida atigi 45 sekund e’tiborini ushlab qolibti, keyin esa kunma kun mashqlar oqibatida 1 oy deganda naqd 45 minut davomida bir nuqtaga qaraydigan darajaga yetishibti. Buning natijasi o’laroq, Zebo endi darslarda turli xil hayollar bilan emas aniq fanni o’ylaydigan, uy ishi qilayotganda turli bo’lar-bo’lmaslarga hayolini berib qo’ymaydigan darajaga chiqdi. Undan tashqari , Zebo mnemonika texnikalarini o’qish jarayonlarida, hayotida, va yangi so’zlar yodlashda qo’llab ajoyib natijalarga ega bo’layotgani hamda o’z o’ziga bo’lgan ishonchi oshdi ham!!!! Bu tajriba meni juda ham hursand qildi.


Demak, biz asosiy maqsaddan chetga chiqmagan holda o’quvchilarning o’rganish sohalariga foydamiz tegdi. Balkim bu yerda oddiygina ko’p mashq qilish yotar, yoki kuchli motivatsiya, yoki tinimsiz ishtiyoq. Nima bo’lganda ham bunday fikrlar, va tajriba biz uchun foyda berishini ko’rsatadi.