Salom, avvalo axli blog o'quvchilari. Anchadan beri ish bilan ovora bo'lib blogimga maqola yozishni ham "esdan" chiqib qo'yay debman. Xabaringiz bo'lsa yaqinda Rossiya 1 kanalidan uzatilgan "G'aroyib odamlar"(Удивительные люди) loyihasida ishtirok etdim. Agar ko'rmagan bo'lsangiz quyida ko'rsatuvga havolani keltiraman:
«Удивительные люди» Шахрух Рахманов Уникальная визуальная
память
O'sha ko'rsatuvdan so'ng ko'pchilikning aynan mnemonikaga qiziqishiga sabab bo'lganimdan hursandman negaki Ilmni yoyish bu katta ajr-savob manbayi hamdir. Shu ko'rsatuvdan keyin ko'pchilik yurtdoshlarimiz tomonidan berilgan savollardan kelib chiqib ushbu blog maqolani yozishga qaror qildim. Gap shundaki, deyarli barcha qiziquvchilar ko'rsatuvda tilga olingan kitobni - (menga shu sohaga kirishimga asosiy turtki bo'lgan) qanday topishi haqida so'rashdi.
U kitob Tony Buzenning "Use your head" deb nomlangan kitobi bo'lib hozirda internetda olib o'qish uchun topsangiz bo'ladi. Shuning uchun sizlarga u kitobga bo'lgan havolani taqdim etaman. O'ylaymanki, keyinchalik o'zimning ustozim bo'lib qolgan Tony Buzan bunga qarshilik qilmaydi. Shuningdek, u insonning kitobi meni o'zimning xalqchil va xalqimizga moslashtirib yozilgan "Mukammal Xotira" kitobimni yozishimga ham asosiy turtkidir. Quyida kitobga havola:
va bu kitobning mantiqiy davomiga havola:
Rus tilida kitobni ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun mana bu havolalardan kitoblarni olishingiz/o'qishingiz mumkin:
O'ylaymanki, bu kitoblar sizning xotirangizni tushunishda va hayotingizda ushbu texnikalarni qo'llashda katta yordam beradi. Zero, insonning o'z ustida ishlashi bu uzviy jarayon bo'lib qolishi darkor. Aks holda, miyangiz "zanglab" qolish ehtimoli katta :))
PS: maqola so'ngida sizlar bilan Toni Buzenni tanishtirsam. Mana o'sha mashxur lektor, innovator, va dunyodagi ta'lim tizimini oldinga yuritishga harakat qiluvchi jonkuyar.