Saturday, February 1, 2014

Talant yoki Tarbiya?

Haligacha esimda bor, bir do’stim bilan qilgan munozaram naqd 1 soat vaqtimni o’ldirishga ketgan. Uning fikricha insonning talanti , Olloh bergan in’oyati bu muvaffaqiyatga erishishda eng muhimi, men esa qaysarlarcha atrof-muhit, tarbiya muvaffaqiyat garovi deb ta’kidladim. O`shanda o’ta shiddatli debat bo’lgan edi. Haqiqatan, Olloh bergan “podarka” (TALANT) atrof muhitdagi TARBIYADAN ustunmi? Buyuk olimlar, mutaffakkirlar, daholar va o`z sohasining yetuk shaxslari bo`lgan insonlarning tug`ma qobiliyati, ularning atrof muhitdan olgan barcha qobiliyatlaridan afzalmi?
Bu munozara psixologiyadagi eng eski munozaralardan (Nature vs. Nurture ) bo’lib, haligacha yechimi topilgani yo’q. Keling, ushbu blogpostimda men o’z qarashlarimni tafakkurimda sodir bo’lgan ichki munozara sifatida tanganing ikki tomoniga nazar solsak.

Talant tarafiga argumentlar :
  • Barcha talantli insonlar Olloh in'om qilgan qobilyatlari evaziga mashxurlikka erishadi. Bobomiz Alisher Navoiy, Al-Beruniy, Leonardo Da Vinchi , Pushkin, Eynshteyn, Messi va boshqalar o’zida ilk “uchqunlar” bo’lmaganida to’liq potensiallarini ko’rsata olmasdi.
  • Ular shunday mukammallikka erishadiki, boshqalar ko’zi bilan qaraganda, u o’zga sayyoradan kelganlarning ishidek ilk taassurot beradi.
  • Biologik nuqtai nazardan, GENdan GENga o’tish orqali, oilada yanada qobilyatli inson tug’iladi, talantlilar oilasida talantlar qon orqali davom etadi. Bizning xulqlarimiz ham genimizning mahsulotidir.
  •  Qobilyatli insonlar doimo o’ziga sharoit yaratadi. Agarda yetarlicha  sharoit ularga yaratilinib berilmasa yoki ularni ushlab qolish uchun motivatsiya va RAG’BATLANTIRISH yetishmasligi “УТЕЧКА МОЗГОВ”ga olib keladi. Mamlakatning eng aqlli odamlari yaxshiroq sharoitlarni qidirib, chet-elga talantini ko’proq qadrlaydigan joyga ketadi.

KONTRArgument

  • Talantli insnon doimo erkinlik va o’zini yengil his qilgisi keladi ammo QOBIQni ichida qolgan talant hech qachon gullamaydi u albatta so’nadi, ayniqsa boshqa “aqlli” insonlar tomonidan u talant ko’prik sifatida ishlatilinsa, maqsadga erishishda vosita bo’lib qolsa, machalkadek ezilib ketaveradi yoki ildiziga “bolta” urilishi mumkin.
  • O’z sohalarining BO’RILARI hech qachon talantni gullab ketishiga yo’l qo’ymaydi, to`g`rida ko`pgina aqlli kallani nima keragi bor? Talantga tashnalikka oliygohlarimizda kam e’tibor beriladi, chet-el institutlari esa talantli studentlarni o’zlariga jalb qilishda qattiq bel bog’lagan. Negaki, TALANTNI RAG’BATLANTIRISH tuzilmasi ularni kashf qilishdagi eng muhim qadamdir.
  • Hayot qiyinchiliklariga chiday olmagan insonlarni, ming bilimlik bo’lsin, hayot qaqshatib ezib ketadi, bir kam dunyo deydilar-ku. Oddiy misol, MENSA deb nomlangan tashkilotda o’ta aqliy salohiyati yuksak IQ (ay-qyu) bo’lgan shaxslardan iborat bo’lib, ammo ular orasida oddiy farroshlar ham bor, shunchaki o’ta bilimli va talantli degani hayotda “Everest” cho’qqilarini egallaydi degani emas.

Kontrargumetnlar miyamda o’tayotgan paytda, aynan talantli insonlar hayoti davomida o`z talantlarini ishlatmaganligini o`yladim. Darrovda bir-ikkita do’stlarim yodimga tushdi, hozir Rossiyada qora ishda ishlayotganligi ko’z oldimdan o’tdi.  O’tkir Hoshimovning quyidagi gaplari esa da’voyimning gultojisi:

"Otchopar" bozorida qadrdon do'stimni uchratib qoldim. Matematik..Olim..Sigaret sotib o'tirgan ekan..Meni ko'rib ko'zlarini yashirdi. Men ham burilib ketdim...Ikkalamiz bir-birimizdan nega uyalganimizni bilmayman.
Negadir...yig'lagim keldi..
Kelinglar endi, tanganing ikkinchi tomoniga nazar solaylik!

Tarbiyaga va atrof-muhitga ARGUMETNLAR :

  • ТАЛАНТАМ НАДО ПОМОГАТЬБЕЗДАРНОСТИ ПРОБЬЮТСЯ САМИ Talantlilar uchun  do`stlar va oila ko`magi va ham ma`naviy, ham moddiy ko`mag zarurdir. Bir tadqiqotda talantli insonlarning ko’pchiligining oilasida ota-onasining ruhiy qo’llab-quvvatlashi ularning yashirin qobilyatlarni  kashf qilinishiga olib kelganligi isbotlanibti. Alisher Navoiy hamda Pushkin oilasida doim she’riy muhit ustun bo’lgan, Messi esa Barselonadan katta yordam olgan, Da Vinchi davridagi Renessansda qirollar ilm ahliga sponsorlik qilishgan va hkz.
  • Qattiq mehnat, doimiy o’z ustida ishlash, tajriba , sabr odatda muvaffaqiyat kalitlari. Ular hech qachon tabiat tomonidan in’om etilmaydigan muvaffaqiyat parchalari. Talantlik insonlarni talantsizlar bilan solishtirganda bir oltin qoida topilibti, “10 000 SOAT” qoidasi bu xoh Motsart, xoh Stiv Jobs, xoh Krishtianu Ronaldo bo’lsin, ular o’z ustida sohasi bo’yicha 10 000 soatlab qattiq mehnat qilishgan. Ko’rganizdek, sizdan ozgina talant qolganiga esa terlash talab etiladi.
  • Bir kun onam sinfdoshlarining 20 yillik uchrashuvidan keldi va qiziq bir voqeani aytib o’tdi. Sinflaridagi eng ikkichi deb nomlangan o’quvchi hozir oralarida eng qo’li uzun va qudratli insonga aylanib ulguribti. U tadbirkor maktabida topmagan talantini keyin HAYOTDA topgan bo’lsa ne ajab.
  • Hozirgi global hayotda  IXTISOSLASHISH juda muhim hisoblanadi, talant qaysidur yo’nalishga yo’naltirilmasa, hamma narsada ixtisoslasha olaman deb, aks holda umumiy jihatdan foydasiz bo’lib qoladi. Bu holatda talantli inson xuddi tovusni eslatadi -  juda betakror va sanat asari ammo bir tiyinlik ham foydasi yo’q.
  • NETWORKING - aloqangiz sizda qanchalik katta bo’lsa shunchalik siz rivojlanaverasiz. Garvard Biznes Maktabi bitiruvchilarining boshqa bitiruvchlardan aynan farqi , ularning atrofidagi kursdoshlari ertaga ajoyib  “biznes sherik” bo’lib yordam beradi va oqibatida barcha biznes bitiruvchilar muvaffaqiyatga erishadi. Talantga atrof-muhitdan, networkdan yordam kerak bo’ladi.
********

Ammo bu miyamdagi debatimda ham “Happy Ending” bo’lishini xohlayman. TAROZINING IKKI PALLASINI xulosalasam, mening shaxsiy fikrim, odam talantli bo`lib tug`ilishi mumkin va atrof-muhit hamda tarbiya o`sha talantni rivojlantirishda yoki uni so`ndirishda katta ro`l o`ynaydi.

Qaniydi barcha o’qituvchilar shuni tushunsa, olimlar munozaraga nuqta qo’yishsa, har bir insonda yashirin talant borligi va o’sha talantni ochishda esa o’qituvchi va atrof-muhit nechog’lik muhimligini tushunsa edi. TALANT yoki TARBIYA munozarasi yakun topgan bo’larmidi!?

Saturday, January 11, 2014

O’rganishni o’rganish


21-asrda o‘rganish muammo bo‘lmaydi, balki o‘rganishni bilmaslik muammo bo‘ladi.
                                                                                                 Alvin Toffler
Bir kuni treyning o’tayotgan paytimda “O’rganishni o’rganish kerak” degan gapimga, o’tirgan “professor” norozilik bildirdi – “O’rganishni ham o’rgansa bo’ladimi?, bu mantiqsiz gap” – deya e’tiroz qildi. Haqiqatdan ham biz o’rganishni bilamizmi? O’rganishni o’rganishnichi?. O’rganish deyilganda xohlagan sohani olishingiz mumkin – oliygohlarning kirish imtixonlariga tayyorgarlik ko`rish, chet tillarini o’rganish, rasm chizish-u darslarda mavzuni o’zlashtirish, sportchilarning o’z ustida ishlab xatolarini bartaraf etishidan tortib to butun bir tashkilotni boshqarishgacha bo`lgan barcha sohalarni o’z ichiga oladi.



Qiziqarlisi shuki, ko`plab o’z sohasida yetakchi o’zini aqlli deb bilgan insonlar o’rganishni bilmasligi hayotda uchrab turadi. Bunga sabab nimada degan savolga, Kris Agirisning fikricha(Garvard Biznes Maktabi Professori), avvalo ko’p insonlar o’rganish nima ekanligini noto’g’ri tushunadi va o’rganishni o’z ish stoliga qanday olib kelishni bilmaydi. Shu oqibatida bir qancha xatoga yo’l qo’yamiz. Xususan, ko’pchilik o’rganishni shunchaki muammoni yechish deb tor fikr yuritadi. To’g’ri, muammolarni yechish muhim, lekin haqiqiy o’rganish o’rganuvchining o’zini ichki tomondan o’rganib, o’z-o’zini tahlil qilib, tanqidiy ravishda xatoga tortuvchi odatlarini to’g’irlab,  qayerda va qanday qilib xato qilinayotganini tushunib, keyin shu xatoni bartaraf etishni o’z ichiga oladi.

Shuningdek, Kris Agirisning o’ylashicha, o’rganish ikki xil darajad bo’ladi: birinchi va ikkinchi darajali. Birinchi darajali o`rganish bu xato yordamida o`rganish va ushbu xatoni qaytarmaslikka aytiladi. Misol uchun siz blogger sifatida maqola yozdingiz va uni ko`pchilik yoqtirmadi, aytaylik shrift noto`g`ri tanlangan, siz o`sha xatoni topdingiz va keying safar ushbu xatoni takrorlamadingiz. Ikkinchi darajali o`rganish esa “Nega bunday bo`ldi?”, “Bunga nima sabab?”, “Qanday qilib buni takrorlamasa bo`ladi?” degan savollar orqali fikrlashingizdagi kamchiliklarni bartaraf etishni o`z ichiga oladi.

Hayotda professional shaxslarning ko’pchiligi birinchi darajali o’rganishni maktabdan buyon o’rganib bo’lishgan, lekin tanganing ikkinchi tomoniga o’tmaydi. Ular bajarayotgan ishida juda muvaffaqqiyatliki, kamdan-kam holatda muvaffaqqiyatsizlikka uchrashadi. Agar to’siqlar chiqib qolsa, to’g’ri xulosa chiqara olmaydi va oqibatda qachonki muammo duch kelsa, ular o’zlarini himoya qilishga o’tadi, tanqidlarni tinglamaydi, aybni boshqa inson yoki vaziyatga to’nkaydi. Haqiqiy o’rganuvchi shaxs aybni o’zidan va fikrlashlaridan topishga urunib, uni yo’q qilish yo’llarini qidiradi.

O’rganish bosqichlari
1960 yillarda bir guruh olimlar biz qanday qilib yangi qobilyatni o’rganishimizni tadqiq qildilar. Unga ko’ra, biz o’rganish mobaynida 3 bosqichdan o’tamiz. Keling shu 3 bosqinchi mashina haydash misolida ko’rib chiqsak. Birinchi, siz “fikrlaydigan” bosqichdasiz, mashina haydashni o’rganasiz, qo’l uzatmalarida shug’ullanasiz va yo’l qoidalarini o’rganasiz. Ikkinchi “bog’lovchi” bosqichda, endi siz har xolda kerakli darajada o’rganib bo’ldingiz , kamroq xatolar qilasiz, mashina haydaganda musiqa bilan hayday olasiz yoki bir qo’lda bemalol ko’chada kezasiz, bunda mashinani boshqarishdagi jarayonga kamroq konsentratsiya qilasiz. Uchinchi bosqich esa bu avtopilot bo’lib, mashina haydashdan allaqachon usta bo’ldingiz, qaramasdan va fikrlamasdan tezlikda uzatmalarni boshqarasiz. Oxirgi bosqichda siz boshqarish ustidan fikrlashingizni yo’qotasiz, boshqarish odatlarga odatlanib qolasiz va shu odatlar tufayli ongli ravishda fikrlashdan chiqib ketasiz. Bir tomondan bu unumli, siz endi har doimgi takrorlanadigan ishlarga kamroq vaqt sarflab, sizga yanada muhimroq bo’lgan yumushlarga e’tibor  qaratasiz.

Lekin aynan shu bosqichda siz o’rganishdan to’xtaysiz, hech qanday rivojlanish yo’q, doimiy turg’unlik, o’zingizni qulay zonadan chiqqingiz kelmaydi va o’z ustizda ishlashni xoxlamaysiz. Shu bosqichni olimlar OK platformasi deb ataydi, bu xuddi o’tib bo’lmas devor bo’lib, agarda siz uzoq muddat shug’ullanish mobaynida mashina haydashda “Shumaxer” (majoziy ma’noda) bo’lmagan bo’lsangiz, bilingki siz OK platformasidasiz. Shu nuqta havaskor va professional odamlarni ajratadigan “devor” hisoblanadi, professional inson albatta OK turg‘unligidan o‘tib yanada rivojlanadi.

Turg’unlik devoridan sakrash
Florida Davlat Universitetining psixologiya professori Andres Erikson ekspertlarning ekspertlarini butun hayoti davomida o’rgandi , ularning o’rganish qobilyatlari va qanday qilib istisnoiy muvaffaqiyatga erishganlari ustida tadqiqotlar qildi. Bitta asosiy g’oyasi shuki, istisnoiy muvaffaqiyatga erishish tug’ma emas aksincha hayotdan o’rganilgan - “ASlarning ASlari” OK platformasini aqlan yenganlardir. Labaratoriyada olib borgan tadiqoqtlarda turli sohaning ASlarini o’rganib chiqildi : musiqa daholari, figurali uchish masterlari, shaxmat groysmesterlari, basketbol o’yinchilarining xotirasi, professional aktyorlar va hokazo. Natijada deyarli barcha muvaffaqiyatli insonlarda bir xil ishlash usuli va fikrlash tizimini topildi. Shu munosabtdan A.Erikson OK turg’unligini yengishga 3 maslahat beradi:

1) Sanoq emas, Sanoqli Sifat muhim!! Havaskor pianino chaluvchi bilan proffessionallarini farqi shunda ekanki, havaskor ko‘p mashq qiladi, proffessional esa ko’proq SIFATLI mashq qiladi. Ko’r-ko’rona ko’p o’z ustida ishlash emas, qanday ishlash ustunroq. Bunda hamma narsada – shaxmat, basketbol, futbol-u va gitarada o’ynashni o’rganishda ham maqsad va aql bilan shug‘ullanishingiz, “maqsadli mashqlar” qilish darkor. Ayniqsa, sport ustalari oldiga maqsadlar qo‘yib, o‘zining  qulay zonasidan(osongina shug‘ullanayotgan mashqidan) yuqoriroq marrani bir xaftada egallayman deb o’ziga bosim beradi.  Ko’pincha biz o’zimizning qulay zonamizdan, qolipdan tashqariga chiqishni xohlamaymiz biroq aynan shu chiqish rivojlanishning yo’li ekanligini anglash kerak.

2) Xatolar .. xatolar.. va yana xatolar!! Rivojlanishdagi tur’gunlikni yengish yo‘llardan yana biri bu xatolarning sonini keskin ko‘paytirish xisoblanadi. Negaki, eng daho pianino chaluvchilarni o’rganilganda shu narsa ayon bo‘ldiki, ular qaysi notada ko‘p xato qilishsa, o‘sha nota ustida ko‘proq xato qilib, yaxshilanmagunigacha ishlar ekan. Yoki kompyuter klaviaturasiga qaramasdan yozishni  o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, ko‘plab xatolar qilishni davom etib, o‘sha xatolarni takrorlamaslikka harakat qilish, darhaqiqat, klaviaturadagi yozish tezligingizni oshiradi. Ammo, odatda, maktablarimizda bizni xato qilmaslikka o‘rgatiladi va xato qilinsa past bahoga loyiq ko‘riladi. Natijada biz xato qilishdan qo’rqib qolamiz. Xato qilishdan qo‘rqmaslik lozim. Zero, Eynshteyn takidlaganidek siz xato qilmagan bo‘lsangiz, demak o’rganishga ham urinmagansiz. Xatolarni tahlil qilib o‘rganish  va ularni takrorlamaslik, xohlagan sohaning muvaffaqiyat garovi.

3) To’g’rilovchi tanqid – chin ko’maklashish demak. Sizdan qobilyati ustunroq odamning ko‘maklashishi mavzu yuzasidan qanchalik rivojlanayotganingizni ko‘rsatadi va o‘rganishga qiziqishingizni oshiradi. Ko‘mak olsangiz, undan tashqari, xatoyingiz ustida ishlaysiz, xatolarni birma-bir yo‘qotib, ularning sonini kamaytirasiz. Tanqidiy ko’mak qilinganda ham juda ehtiyot bo‘lish darkor. Ayrim insonlar tanqidni yomon qabul qiladi va to‘g‘ri tushunmasligi mumkin. Asosiysi, tanqid shunchaki kamchiliklarni aytish emas, ularni bartaraf qilish usuli bilan aytilinsa katta yordam bo’ladi, axir “gulzorga qaychi bilan emas, balki tokqaychi” bilan kirish lozim. To‘g‘rilovchi tavsiyani ustoz yoki sohaning darg‘alaridan tinglash ayni muddao bo‘ladi, ularning tajribasi bebaho bo’lib chiqadi. Misol tariqasida, futbolda Krishtianu Ronaldoni shu darajaga chiqishida ustozlari Ser Aleks Fergyusson va Rene Melestyanning to’g’rilovchi tavsiyalari katta ro’l o’ynaganligini futbol muxlislari yaxshi biladi.

Qisqasi, biz o’rganish haqida noto’g’ri tushunchaga egamiz hamda OK platformasiga kelganimizda, bu devordan o’tish yo’llarini bilmaymiz yoki buni qanday bilishni ham bilmaymiz. Muhimi shu maqoladan o’rganishni qanday jarayon ekanligini tushunib, keyingi safar xohlagan sohangizda oqsaganizda xatoyimdan o’rgandimmi yoki o’rganishni o’rgandimmi deb savol bering. Maqolamni boshidagi “professorni” savoliga esa “HA” o’rganishni o’rgansa bo’ladi deb javob qaytaraman!!


Tuesday, December 31, 2013

Yangi yil rezolushnlari!

Mana ikki yildan beri doimgidek Yangi yilga New Year Resolutionlari bilan kirmoqdaman. Bilmaganlar uchun eslatma: New Year Resolutionlari bu 10 ta qarorlaringiz bo’lib yangi yilda erishmoqchi bo’lgan maqsadlaringizni qog’ozga tushirish hisoblanadi.Bu yil esa menda 11 ta bo’lib ketti, quyida mening rezolushnlarim :

1. O’qishimda birinchi darajali diplom bilan bitirish
2.Kitobim yanvarning o’rtalarida chiqishi kerak
3.Armiyaga borib xizmat qilib kelish
4.O’zbekiston Xotira Chempionati
5.Fitnessga borish
6.Ish bo’yicha tajribamni oshirish, experiencega
7.Albatta bu yil yangi narsani o’rganish, yangi qobilyatlarni kashf qilish
8.Yomon illatlarimni kamaytirish va yaxshi hislatlarimni oziqlantirish
9.Master’sga tayyorgarlik
10.O’z loyiham va fikrlarimni realizatsiya qilish
11. ??????? (bunisi o’ta shaxsiy)


Albatta bularning hammasini o’z kundaligimda yozib boraman! Bunday odatni qilishdan avval , men o’zimga bunaqa ishni nima keragi bor edi deb o’ylardim. Xato o’ylagan ekanman, o’tgan yillarga qarasam deyarli hamma maqsadlarimning yoki rezolushnlarimning 60-70 % gacha amalga oshiribman va bu ish menga yil sarxisobi , uni qayta xulosalashda ham qo’l keladi.

Keyin bu hodisaga ilmiy adabiyotdan asos topishga urundim , aniqlanishicha shunchaki qog’ozga yozilgan maqsadlar yozilmaganlardan ko’ra ko’proq amalga osharkan. Agarda shu yozilgan maqsadni boshqa insonlar bilan baham ko’rilsa unga erishish ehtimoli yanada oshar ekan. Ilmiy tomondan tekshirilib, xulosa qilinibti. Shunday ekan Yangi yillaringiz bilan tabriklayman va yangi yilda yangi marralarni erishingizga, rezolushnlaringizni egallashingizni tilab qolaman!!! HAPPY NEW YEAR 2014!!

Friday, December 27, 2013

Hikoyat : ezgu o'ylarimizda bardavom bo'laykik

Tunov kuni eshitgan bir hikoyat mening kunimni bezadi. Ajoyib ma’no va motivatsiya berdi, shaxsan o’zimga!
 
“Bir kuni o’rmon o’t bilan yonib ketishni boshlabti, shunda kichkinagina musicha og’ziga bir qultum suv bilan o’rmonni oldiga borib , o’tni o’chirishga urinibti. Kichkina bo’lishiga qaramasdan bir necha marotaba og’zida suv olib borib o’chirishga harakat qildi. Buni ko’rgan qarg’a unga “Nima qilasan,ey tentakvoy, baribir ham qo’lindan hech narsa kelmaydi, o’chira olmaysan , allaqachon o’rmonning yonishi avjiga chiqdi, qo’ysanchi endi, bo’ladigan ishlarni qil”- deb tanbeh beribti. Shunda musicha qarg’aga  javob qaytaribti – “Men bu ishni faqat o’chirish uchun emas balkim ertaga Yaratganning oldiga borganda o’rmon yonayotganida nima qilib turding degan savolga hech bo’lmasam og’zimda suv tashib turdim deyish uchun ham qilmoqdaman”

Qissadan hissa, hammamizga ezgu istaklar bilan harakat qilish nasib qilsin va  o’ylagan niyatarimizda bardavom bo’laylik.

Tuesday, December 24, 2013

O'tmish kelajakning muvaffaqiyati garovi!!

Blog sohasida 1 yildan ortiq mobaynida klaviatura tebratib yurgan bo'lsamda, mening oldingi bloglarimni bu yerda ham yozib qo'yib, eslatib o'tishim kerak degan xulosaga keldim.

Birinchi bo'lib, http://mnemonika-uz.blogspot.com/
Asosan, Xotira yuzasidan yozishni boshlagan bo'lsam, bundan keyinchalik web-saytga o'tdik

Ikkinchisi, aynan web-saytga o'tish kerakligini his qildim va http://mnemonika.uz/ni
ustida ishlab , hozirda asosan https://www.facebook.com/MnemonikaUz?ref=hl shu feysbukdagi peyjda
ma'lumotlar berish bilan ovoramiz.

Bu blogimni ochishimdan maqsad esa bitta: o'z fikrlarim turli mavzularda yozib borish, negaki oldingi bloglarim aniq mavzu tanlagan bo'lsam, unda o'z fikrlarim hamda boshqa mavzulardagi  o'ylarimni yozish ozgina to'g'ri kelmas edi, endi buni shu yerda amalga oshiraman! Bir narsani aniq tushundim qanchalik ko'p maqola va blog post yozganim sayin ularning sifati ham oshmoqda, demak o'tmishdagi harakatlar kelajakka umud bag'ishlaydi!!!!

Friday, December 20, 2013

Stress menejment

Ҳамма эгалик қилиш аввал миямиздан, фикрларимиздан бошланади деб айтган эди афсонавий Брюс Ли. Сиз стресс ва салбий фикрлар оғушида қолиб кетсангиз ва бу холат кўп маротаба такрорланавериши нафақат хотирангизга ва ўрганиш қобилятингизга, балким кайфиятингиз ва соғлиғингизга ҳам зарари бор. Шунинг учун ҳам стресс бўлган пайтда ундан чиқиш ва чиқиш қанчалик муҳим эканлигини тушуниш тушкун ҳолатга тушмаслигингизга олиб келади. Қуйида эса айнан стрессга оид бир воқеага тўхталиб, стрессда қанчалик эрта қутулиш шунча сизнинг умумий миянгиз учун фойдали эканлигини кўрсатсак.

"Бир куни психолог ўқитиш хонасига кириб, стресс менежмент бўйича дарс беришини айтди Шунда у қўлига бир стакандаги сувни олди. Ҳамма бу психолог ҳозир стакан ярим тўлдирми ёки ярим бўшми деб сўрайди деб нолий бошлаганда , ўқитувчи бошқача савол бериб студентларни ҳайрон қолдирди. Бу стаканни оғирлиги қанча деб сўради?

Кўпчилик 50 граммдан тортиб то 100 граммгача деб жавоб қайтарди

У жавоб қайтарди – “Ҳақиқий вазн бундай ўлчанмайди. У стаканни қанча муддат ушлаб турганизга боғлиқ. Агарда сиз 1 минут қўлизда кўтариб турсангиз, бу муаммо эмас. Агар 1 соат ушлаб турсам қўлимда оғриқ пайдо бўлади, 1 кун ушлаб турсам, менинг қўлим ишламай , паралич бўлиб қолади. Ҳар бир ҳолатда стакандаги сувнинг вазни ўзгармайду, қанчалик узоқ вақт ушлаб турсам, шунчалик оғир бўлиб туюлавераду. Худди шундай стресс ва ҳаёт муаммолари ҳам бир стакандаги сувга ўхшайди. У муммолар ҳақида озгина ўйланг ҳеч нарса бўлмайди. Озгина кўпроқ ўйланг, улар сизга жароҳат беришни бошлайди. Ва агар сиз стресс бўлиб кун бўйи ўйлансангиз, сиз паралич бўлиб қоласиз”


Қиссадан ҳисса, стрессни ўтказиб юборишни ва қўйиб юборишни ўрганинг. Қанчалик эрта бўлса шунчалик соғлигингизга фойда. Уларни кун-у тун кўтариб юришни мўлжалламанг, аксинча стаканни қўйиб юборишни ўрганинг."


(“Мукаммал Хотира”  китобидан парча )

Thursday, December 19, 2013

BRAINCLUB natijasi!!!!

Bugun bir studentimdan xotira mashqlarining natijasi haqida feedback oldim. Ochig’i bunday ijobiy fikrlarni olish meni doimo ilhomlantirib, ruhlantirib, yanada ko’proq ishlashga undaydi. U qizning ismi Zebo bo’lib, meni oldimga 4 oy oldin kelgandi. Ilk kelganidan boshlab o’z muammosini aniq menga aytdi: KONSENTRATSIYA. Darsda o’tirsa va umuman hayotda ko’p holatlarda fikrini bir joyga qo’ya olmayotganidan nolidi. Va men shunga monand bir mashqni tavsiya qildim. Mana quyida o’sha mashqning qanday qilish haqida ko’rsatma.

DIQQAT : agar sizda ham konsentratisya bo’yicha muammo bo’lsa bemalol shu mashqdan foydalanishingiz mumkin.

MASHQ : Ko’z oldingizda bir nuqtani belgilab olasiz va o’sha nuqtaga qarab o’tirasiz. Maqsad bir nuqtaga, faqat bir nuqtaga qarab ko’proq muddatda diqqatni jamlash. Konsentratsiya qilgan paytda esa hayolingizga har xil fikrlar kela boshlaydi va shunday bo’lganda ham siz fikrlaringiz oqimini oddiygina bir nuqtaga qayta qarating. Va shu zaylda har kuni ko’proq minut shunday qilishga harakat qilib ko’ring.

Qizig’i, Zebo boshida bu mashqni qilganida atigi 45 sekund e’tiborini ushlab qolibti, keyin esa kunma kun mashqlar oqibatida 1 oy deganda naqd 45 minut davomida bir nuqtaga qaraydigan darajaga yetishibti. Buning natijasi o’laroq, Zebo endi darslarda turli xil hayollar bilan emas aniq fanni o’ylaydigan, uy ishi qilayotganda turli bo’lar-bo’lmaslarga hayolini berib qo’ymaydigan darajaga chiqdi. Undan tashqari , Zebo mnemonika texnikalarini o’qish jarayonlarida, hayotida, va yangi so’zlar yodlashda qo’llab ajoyib natijalarga ega bo’layotgani hamda o’z o’ziga bo’lgan ishonchi oshdi ham!!!! Bu tajriba meni juda ham hursand qildi.


Demak, biz asosiy maqsaddan chetga chiqmagan holda o’quvchilarning o’rganish sohalariga foydamiz tegdi. Balkim bu yerda oddiygina ko’p mashq qilish yotar, yoki kuchli motivatsiya, yoki tinimsiz ishtiyoq. Nima bo’lganda ham bunday fikrlar, va tajriba biz uchun foyda berishini ko’rsatadi.