Tuesday, March 17, 2020

Kitoblarim yangi nashrdan chiqdi. Quyidagi havolalar orqali sotib olsangiz bo'ladi.

1,5 yillik tanaffusdan so'ng ikkala kitobimni qayta nashrdan chiqardim. Bu hisobda 3 qayta nashr. Ko'pchilik qidirayotganlar ushbu havola orqali kitobni yetkazib berish sharti bilan ham sotib olishi mumkin.

Mukammal Xotira (kitob narxi 28,000 so'm):
https://akademnashr.uz/store/product/233-mukammal-xotira/

So'z yodlash sirlari(kitob narxi 13,000 so'm):
https://akademnashr.uz/store/product/232-soz-yodlash-sirlari/

Quyidagi yetkazib berish uchullarini tanlashingiz mumkin:

1. Sizning savatchangiz. Kitobni sotib olish uchun uni avval savatchaga qo'shasiz. Agar ikkala kitob bo'lsa ikkalasini ham savatchaga qo'shasiz, so'ng buyurmani tekshirish va rasmiylashtirish bo'limiga o'tasiz va buyurtmani rasmiylashtirish tugmasini bosasiz.


2.  Buyurtmani rasmiylashtirish. Endi sotib olish uchun akkauntingiz yo'q bo'lsa yangi ochasiz. Xoxlasangiz sizda mavjud bo'lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali sotib olishingiz mumkin. Biz pochta orqali rasmiylashtirishni tavsiya qilamiz.
3. Yangi ro'yhatdan o'tayorganizda albatta parollarni esdan chiqarib qo'ymang, va o'z haqingiz va to'lov manzillarini to'g'ri ko'rsating.

4. O'zingizga ma'qul yetkazib berishni tanlaysiz.

5. To'lovni amalga oshirasiz. Tasdiqnoma esa sizning pochtangizga yuboriladi yoki to'lov qilishingizga sizda paydo bo'ladi uni printerdan chiqarib olishingiz mumkin. Shu bilan sizga o'zlari yetkazib berish sharti bo'yicha telefon qilishadi.

Kitob xotirangiz rivojlanishiga foyda berishiga umid qilaman!!


Wednesday, March 11, 2020

Mfaktordagi ajoyib suhbat!

O'tgan hafta Mfaktorda xotira, o'rganish, va o'z ustida ishlash bo'yicha ajoyib intervyu o'tkazdim.

Quyidagi havoladi aynan o'sha intervyuni beraman. Foydasi tekkan bo'lsa hursand bo'laman.:
https://www.youtube.com/watch?v=fTt9aCM7jlY&t=2649s