Saturday, September 28, 2013

Yangi o'quv yili bilan, o'qishga yangicha qarashlar bilan!!

Ko’pchilik institutlarda 2-sentyabrdan o’qish boshlangan bo’lsa ham, Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti 23-sentyabrdan talabalarni yangi o’quv yili sari chorladi. Shu munosabat bilan yangi qo’shilgan studentlarga 4-bosqich talabasi sifatida bir qancha imtixonga tayyorlanish va imtixon uchun xotirani rivojlantirish bo’yicha 10 ta maslahatni baham ko’rmoqchiman. Deyarli barcha maslahatlar o’z tajribam va malakamdan kelib chiqqan holda berilgan.
1.      Prokrastinatsiya – ya’ni imtixonga tayyorlanishni kechga qoldirish. Bu deyarli barcha institut talabalari orasida keng tarqalgan kasallik hisoblanadi. Prokrastinatsiya tufayli o’quvchi imtixonga bir hafta qolganda bor kuchi bilan tayyorlanib, imtixonni amallab chiqadi. Bu holat salbiy bo’lib, fanni yuzaki o’rganish va imtixonda past baho olish va yana ham stress holatlarini keltirib chiqaradi. Bunday salbiy odatni yo’q qilish uchun aniq kichkina planlashtirishlar bilan kuniga bir fandan oz-oz o’qib borish lozim. Prokrastinatsiyani yengish natijasida, stress holatiga tushmasdan imtixonning “piece of cake” bo’lib chiqishiga olib keladi.
2.      Takrorlash – o’rganishning onasi!! Bu qonunni deyarli har doim eshitganmiz, lekin uni amaliyotiga kelganda ko’pchilik oqsaymiz.  Maslahatim, iloji boricha kitobdagi eng muhim va imtixonda tushish ehtimoli yuqori bo’lgan joylarini ko’proq takrorlab uni hazm qilishga harakat qiling. Qanchalik erta takrorlashni boshlasangiz, shunchalik mavzuni eslab qolish yaxshi bo’ladi. Yodda tutingki, odatda imtixondan bir kun avval o’qilingan ma’lumot xotiradan darrov chiqib ketadi, biroq uzoq muddat davomida takrorlangan axborot uzoq muddat saqlanib qolinadi.
3.      Past papers – o’tgan yilgi imtihon savollari sizga bu yilgi savollar qanday bo’lishi mumkinligi haqida yaxshi ma’lumot beradi. Shu sababli ularni ko’rib chiqish foydadan holi bo’lmaydi. Bu imtixon haqida to’liqroq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi. Shunday paytlar bo’ladiki o’tgan yilgi imtixon savollariga o’xshash savollar bu yil tushib qolishi mumkin yoki umuman boshqa shaklda tushishi mumkin. Nima bo’lsa ham iloji boricha ko’proq past paperlarni ko’rib chiqish hech qachon sizga ziyon qilmaydi.
4.      O’rgating – Ollox taolo tabiatni shunday qonuniyat bilan yaratibdiki, agar siz egoistlik qilmasdan o’z bilimingizni boshqa insonlar bilan baham ko’rsangiz, qarangki sizning o’sha mavzu yuzasidagi bilimlaringiz va mavzuni tushunishingiz “ko’rinmas qo’l” yordamida ortib borarkan. Shuning uchun doimo mavzuni boshqa insonga tushuntiring va o’z bilimingizni oshiring. Yoki bo’lmasam O’rgatish orqali o’rganing!!
5.      O’z ustida ishlash – Juda ko’pchilik studentlar qiladigan xatolikni qilmang. Ya’ni hamma bilim lektor yoki o’qituvchidan kelishi kerak, u professor meni miyamga hamma imtixon uchun kerakli bo’lgan narsani quyib qo’yishi kerak deb hech qachon o’ylamang. Aksincha, o’z ustingizda ishlashni o’rganing, o’zingiz imtixonga tayyorlanishda davom eting, albatta o’qituvchining ko’magi bilan. Yana, bilib qo’ying faqatgina institut bergan fanlarni o’qish bilan chegaralangmang iloji bo’lsa doimo o’z-o’zini boshqarish haqidagi va self-help kitoblarni o’qib institut yillaringizni shaxsiy rivojlanishga sarflasangiz, bu mehnatingiz kelajakda o’z samarasini beradi.

Va albatta, butun o’quv yilini faqat o’qish, o’qish va yana o’qish bilan to’ldirib yubormang. O’qishdan tashqari ijtimoiy hayotni ham a’lo darajada o’tkaizng. Turli organizatsiyalarda volontyor bo’ling va har xil tanlovlarda qatnashishga harakat qiling. To’garaklarga a’zo bo’ling va jismoniy sport bilan shug’ullaning. Bu o’qishdan tashqari mashg’ulotlar sizning magistraturaga topshirayotganingizda juda asqotadi.!!!

6.      Odatda imtixon savollari kitobning oxiridan ba’zida esa boshqa kitoblarning oxirgi savollar qismidan ko’p marotaba tushadi shuning uchun ham fan bo’yicha kitob o’qilinayotganda mavzudan so’ng keladigan savollarga albatta javob berib ketishga harakat qiling. Undan tashqari tadqiqotlar ko’rsatadiki savol-javoblarda qatnashish mavzu yuzasidagi bilimni eslab qolishda ko’mak beradi.
7.      Group study – guruxlarda tayyorlanish. Gurux bo’lib guruxdoshlar bilan tayyorlanishni ham o’z gashti bor. Unda savollar va diskussiya orqali hamda har bir odamning o’z fikri, qarashi va misollari orqali mavzuni yanada kengroq tushunishga muvaffaq bo’lasiz. Ba’zida lekin guruxlarda tayyorlanish imtixonga tayyorgarlik emas balkim shunchaki do’stona suhbat bilan o’tib ketadi. Bu ham qaysidur ma’noda foyda negaki miya dam olishi kerakku! Asosiysi esa o’sha suhbat sizni imtixonga tayyorlanishda cheklab qo’ymasin.
8.      Doimo o’zingizning o’rganish qobilyatlaringizga e’tibor bering. Konspekt qilish sizga ijobiy ta’sir qilsa, konspekt qilib boring. O’rganganda ham doimo bir xil usulda o’rganishdan cheklaning, turli o’rganish metodlarini kashf qiling masalan , concept mapping, mindmap, flash cards, savol-javob va hokazo. Shuningdek, fanga nisbatan doimo qiziqish oshib borsin, negaki qiziqish xotira va o’rganishning asosi hisoblanadi. Mabodo qiziqish yo’q bo’lsa fanga undan qanday moddiy manfaat olish hamda boshqa fanlarga va hayotingizga u fanni bog’lashga urining. Deyarli hamma fanlarni to’liq A baholariga yopuvchi Jahongir Isakovdan bir yana tip : iloji boricha birinchi yilda o’tilingan fanlarni keying yilgi fanlarga bog’lashga harakat qiling, negaki ular chambarchas bog’liq tizimda tuzilgan bo’lib, qaysidur fanni yaxshi tushunmaslik Domino effekti sifatida boshqa fanni o’zlashtirishingizga ta’sir qiladi.
Qo’shimchasiga, doimo o’zingizning tayyorlanish odatlaringizga e’tibor bering, kimdir guruxlarda yaxshi o’rganadi va yana kimlardur esa o’zi yakka kitob o’qish va internet orqali o’rganishni ma’qul ko’radi. Eng muhimi o’zingiz uchun ishlaydigan eng yaxshi usulni tanglang.
9.      Imtixonda doimo “surpriz”larga tayyor turing. Goh-gohida imtixon savollari tuzuvchi shaxslar o’quvchilarga surpriz tayyorlashga usta bo’ladi. Agar maboda shunday bo’lsa ham havotirga tushmasdan iloji boricha , miyangizdan kelganicha javob yozib chiqishga harakat qiling. Darvoqe, to’g’ri va savollarga aniq, ravon javob berish ham muhim. Shuning uchun imtixon savollariga yozish bo’yicha ozgina mashq ziyon qilmaydi. Ba’zida imtixonda amaliyotga tayyorlansangiz nazariya savollar tushib qolishi bor va ayrim holatlarda buni aksi bo’ladi. Yoki bo’lmasam siz biladigan so’zni sinonimi kelib qolishi yoki siz ko’rmagan mavzu kelishi haqiqat. Buning qanchalik tez anglasangiz shunchalik surpriz siz uchun odatiy holat bo’lib qoladi.
10.  Oraliq nazoratlarida va ayniqsa Assignment (kursovoy ish ) yozayotganingizda bilib qo’ying Internet sizning eng ishonchi hamrohingiz. Ayniqsa Google, negaki google deyarli hamma savollaringizga javob bera oladigan darajaga yetgan. Undan tashqari, iloji bo’lsa o’tgan yilgi studentlarning fan bo’yicha kursovoy ishlarini ko’rib chiqish ham sizga qaysidur ma’noda kursovoy ishlarigizni yanada mukammal yozishga fikr beradi. O’qituvchidan aniq kommentlar olish va doimo u bilan aloqada bo’lishni unutmang. Va iloji bo’lsa fan modul lideridan o’qituvchingiz kursovoy ishni aynan qaysi sohalariga ko’roq e’tibor berilishini so’rab aniqlashtirib olsin. BU o’ta o’ta muhim!



Xullas, Yangi o’quv yili bilan Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti yangi talabalarini (Foundation Yearni) tabriklayman. Ularga o’qishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolaman. O’ylaymanki, yuqoridagi maslahatlar ozgina bo’lsa ham sizga o’qishingiz davomida asqotadi!!


Monday, September 9, 2013

Blogosfera

Hozirda chet-eldagi ko’plab mashxur insonlarning o’z bloglarini yuritib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Internet odamlarning o’z fikr va qarashlarini omma bilan baham ko’rishda ham chinakamiga yangilik yaratdi. Buni qarangki, O’zbekistonda ham internet foydalanuvchilarining soni ortishi hamda internet tezligining yaxshilanishi oqibatida bir qancha “O’zbek” bloggerlari paydo bo’lib qolmoqda. Ularning qisqa ro’yhatlarini http://uzbloggerlar.blogspot.com/orqali  kuzatib borish bo’yicha loyiha yaqinda ishga tushdi.


Shu o’rinda savol tug’iladi : Blog bu nima? Uning boshqa jurnalistika sohalaridan farqli jihatlari qanday? Bu savollarga javob topish va jurnalistika bo’yicha o’z malakamni oshirish maqsadida Kelajak Ovozi va Fund Forum tomonidan tashkil etilgan Media-oromgohida yaqinda qatnashib keldim. Ochig’i, Media-oromgoh kutganimdan ham a’lo o’tdi, u yerda jurnalist kim va qanday bo’lishi , internet jurnalistika va bosma jurnalistika bo’yicha malaka oshirish, turli shu soha vakillari tomonidan master-klass hamda treyninglarda qatnashib o’zimning xobbi sifatida qaraydigan jurnalistika bo’yicha qalamimni o’tkirlashtirib oldim desam ham bo’ladi. Eng qizig’i, u yerda bir hafta davomida deyarli bir mavzu juda ko’p diskussiya qilindi : Blogger bu jurnalistmi yoki yo’q? Aynan ushbu savol ketidan bir qancha qiziq munozaralarni guvohi ham bo’ldik Blogger jurnalistika bo’yicha ta’lim olishi kerakmi? Unda qanday majburiyatlar bo’lishi lozim? Proffessionalizm hamda havaskorlik bloggerlar orasida?

Shu hisobda olgan taassurotlarim haqida xulosa qilsam, blog bu insonlarning shaxsiy fikrlari yozib boriladigan bir INTERNET KUNDALIK. Blogger yon atrof va o’zi uchun ma’lum bo’lgan soha bo’yicha fikrlari bilan o’rtoqlashishi mumkin. Undan tashqari havaskor bo’lgan jurnalistlar yoki jurnalistikaga dahli bo’lmagan “jurnalistlar” ham o’z so’zini aynan shu orqali ham isbotlashmoqda. Shaxsan o’zim doimo iqtisodchi Pol Krugmannning New York Times dagi bloglarini doim kuzatib boraman.( http://krugman.blogs.nytimes.com/)  Lekin shu o’rinda aytib o’tish darkorki, bu soha ustozlarimizning gaplariga qo’shilmasdan ilojimiz yo’q : jurnalistikaning fundamental qoidalaridan habardor bo’lish ham bloggerning foydasiga bo’ladi . Media-Lagerda yana blogger jurnalismi degan savol ham ko’p yangradi, ko’pchilik fikricha bloggerlar bu havaskor jurnalist.

Fikrlar fikr chaqiradi deb aytgandi, va aynan bizning hozirda fikrga muhtoj bo’lgan paytimizda o’z fikrlarimizni qaysidur joyda saqlab ularni baham ko’rishga muhtojlik sezasan kishi - bu insonning ajoyib instikrlaridan biri bo’lsa kerak. Blogger nafaqat fikr beradi balkim boshqa insonlarda fikr va fikrlashga chaqiradi. Mavzu yuzasidan boshqa rakursdan qarashga o’rgatadi. Savol berishga undaydi , va bizni eng muhim bo’lgan, shaxsiy qarashlarimizni o’tkirlashtiradi. Ammo bu degani blogger hamma narsani yozishi kerak degani emas, albatta unda ma’sulyat  bo’lishi ham kerak.


Kelajakda shuni ham aytishim mumkinki, barcha sof jurnalistlarning ham o’z blogi bo’ladi. Buni hozirdan ham trend sifatida ko’rish mumkin. Shu maqsaddaki, men ham o’z blogimni , shaxsiy e-kundaligimni yuritishni davom ettirmoqdaman. Oldingi blogimni asosan mnemonika va inson miyasi haqida qilganim uchun uni rivojlantirib mnemonika.uz web-saytiga o’tdik , ammo mening o’z shaxsiy fikrlarimni yozib boradigan alohida blogga muhtojlik sezganim va blogosferaning rivojlanishi oqibatida , alohida blogimni qayta yuritishni boshladim.