Tuesday, April 22, 2014

“Tafakkur o’yini” ustida tafakkur!

“Tafakkur o’yini” (Beautiful Mind) kinosi o’zining ideyalogiyasi va noodatiy syujeti, haqiqiy geniyning hayoti bilan tomoshabinlarga manzur bo’lgan.Yaqinda kinoni qayta ko’rar ekanman, bir sitataga qulog’im chalindi. Kelinglar, men uni ozgina "tesha tekkan" qilib va yanada tushunarli shaklda keltirib beray.

Hansen: Recall the lessons of Adam Smith, the father of modern economics. "In competition …"
Everybody: "… individual ambition serves the common good."
John[after thinking] Adam Smith needs revision.
Hansen: What are you talking about?
John: Adam Smith said the best result comes from everyone in the group doing what's best for himself. Right? That's what he said, right?
Hansen: Right.
John: Incomplete. Incomplete, okay? Because the best result will come from everyone in the group doing what's best for himself … and the group.
Hansen: Nash, if this is some way for you to get the blonde on your own, you can go to hell.
John: Governing dynamics, gentlemen. Governing dynamics. Adam Smith...he was wrong.
http://en.wikiquote.org/wiki/A_Beautiful_Mind_(film)"

Xullas, gapning indallosi shuki, Adam Smitning mashxur teoriyasiga ko’ra inson o’zi uchun shaxsiy manfaatlar deb harakat qilsa, egoistik nuqtai nazardan har bir ishga intilsa bu jamiyat uchun eng katta foyda keltiradi(Qandaydur "ko'rinmas qo'l" tufayli). Aynan uning ideyasi butun iqtisodchilar tomonidan ma’qullangan. Ammo Jon Nash shu yerda Adam Smitga qarshi chiqadi va mening ham fikrlarimga mos qarashni olg’a suradi. Adam Smitning ideyasi noto’kisligi, va jamiyat uchun eng katta foyda bu qachonki inson ham o’zining egoistik shaxsiy manfaatlarini hamda jamiyatning , guruxlarning manfaatini birgalikda o’ylasaaynan shu jamiyat uchun eng katta foydani keltiradi.

Nima bo’lgandan ham, biz o’z shaxsiy manfaatlarimizni jamoatnikidan ustun qo’ymasligimiz va shaxsiy manfaat bilan jamiyat manfaati ila jamiyatimizni rivojlantirish uchun harakat qilmoqligimiz darkor deb o’ylayman. O'zingiz tanlagan yo'ldan adashmaslikni va jamiyatga foyda keltirishni tilab qolaman har bir insonga! Shunaqa gaplar.




1 comment:

  1. Bu meni eng sevimli filmim.O‘zim matematikman.Bu insondek yashash men uchun orzu.Bu insondagi juda kuchli istedod kinoda yaqqol o‘z ifodasini topgan.Ko‘pchlik insonlar hayotda o‘zgalarning fikri bilan ish ko‘radi.Nesh esa hech kimga e‘tibor bermagan holda o‘z ishlarini davom ettirgan.Bu kinodagi quyidagi sahna menga juda yoqadi.Neshga nobel mukofotini berishmoqchi bo‘lishganda.Uni jinni emasmi deb tekshirishga kelishadi.U esa ajoyib javob bilan ularni lol qoldiradi.Shunda hamma unga o‘z ruchkasini beradi.Bu yerda juda katta ma‘no bor.Mana shu yerda professorga bo‘lgan haqiqiy hurmat o‘z ifodasini topadi.Menimcha bu kino faqat Nesh haqida emas balki butun jahon matematiklari, nafaqat matemariklar balki butun jahon fikrlovchilariga aytilgan so‘zlardir.

    ReplyDelete