Ko’pchilik institutlarda 2-sentyabrdan
o’qish boshlangan bo’lsa ham, Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti
23-sentyabrdan talabalarni yangi o’quv yili sari chorladi. Shu munosabat bilan yangi
qo’shilgan studentlarga 4-bosqich talabasi sifatida bir qancha imtixonga tayyorlanish
va imtixon uchun xotirani rivojlantirish bo’yicha 10 ta maslahatni baham ko’rmoqchiman.
Deyarli barcha maslahatlar o’z tajribam
va malakamdan kelib chiqqan holda berilgan.
1. Prokrastinatsiya
– ya’ni imtixonga tayyorlanishni kechga qoldirish. Bu deyarli barcha institut talabalari
orasida keng tarqalgan kasallik hisoblanadi. Prokrastinatsiya tufayli o’quvchi imtixonga
bir hafta qolganda bor kuchi bilan tayyorlanib, imtixonni amallab chiqadi. Bu holat salbiy bo’lib, fanni yuzaki o’rganish
va imtixonda past baho olish va yana ham stress holatlarini keltirib chiqaradi.
Bunday salbiy odatni yo’q qilish uchun aniq kichkina planlashtirishlar bilan kuniga
bir fandan oz-oz o’qib borish lozim. Prokrastinatsiyani yengish natijasida, stress holatiga tushmasdan imtixonning
“piece of cake” bo’lib chiqishiga olib keladi.
2. Takrorlash
– o’rganishning onasi!! Bu qonunni deyarli har doim eshitganmiz, lekin uni amaliyotiga kelganda ko’pchilik
oqsaymiz. Maslahatim, iloji boricha kitobdagi eng muhim va imtixonda tushish ehtimoli yuqori
bo’lgan joylarini ko’proq takrorlab uni hazm qilishga harakat qiling. Qanchalik
erta takrorlashni boshlasangiz, shunchalik mavzuni eslab qolish yaxshi bo’ladi.
Yodda tutingki, odatda imtixondan bir kun avval o’qilingan ma’lumot xotiradan darrov
chiqib ketadi, biroq uzoq muddat davomida
takrorlangan axborot uzoq muddat saqlanib qolinadi.
3. Past
papers – o’tgan yilgi imtihon savollari sizga bu yilgi savollar qanday bo’lishi
mumkinligi haqida yaxshi ma’lumot beradi. Shu sababli ularni ko’rib chiqish
foydadan holi bo’lmaydi. Bu imtixon haqida
to’liqroq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi. Shunday paytlar bo’ladiki
o’tgan yilgi imtixon savollariga o’xshash savollar bu yil tushib qolishi mumkin
yoki umuman boshqa shaklda tushishi mumkin. Nima bo’lsa ham iloji boricha ko’proq
past paperlarni ko’rib chiqish hech qachon sizga ziyon qilmaydi.
4. O’rgating
– Ollox taolo tabiatni shunday qonuniyat bilan yaratibdiki, agar siz egoistlik qilmasdan
o’z bilimingizni boshqa insonlar bilan baham ko’rsangiz, qarangki sizning o’sha
mavzu yuzasidagi bilimlaringiz va mavzuni tushunishingiz “ko’rinmas qo’l”
yordamida ortib borarkan. Shuning uchun doimo mavzuni boshqa insonga tushuntiring
va o’z bilimingizni oshiring. Yoki bo’lmasam O’rgatish orqali o’rganing!!
5. O’z ustida
ishlash – Juda ko’pchilik studentlar qiladigan xatolikni qilmang. Ya’ni hamma bilim
lektor yoki o’qituvchidan kelishi kerak, u professor meni miyamga hamma imtixon
uchun kerakli bo’lgan narsani quyib qo’yishi kerak deb hech qachon o’ylamang.
Aksincha, o’z ustingizda ishlashni o’rganing, o’zingiz imtixonga tayyorlanishda
davom eting, albatta o’qituvchining ko’magi bilan. Yana, bilib qo’ying faqatgina
institut bergan fanlarni o’qish bilan chegaralangmang iloji bo’lsa doimo o’z-o’zini
boshqarish haqidagi va self-help kitoblarni o’qib institut yillaringizni shaxsiy
rivojlanishga sarflasangiz, bu mehnatingiz kelajakda o’z samarasini beradi.
Va albatta,
butun o’quv yilini faqat o’qish, o’qish va yana o’qish bilan to’ldirib yubormang.
O’qishdan tashqari ijtimoiy hayotni ham a’lo darajada o’tkaizng. Turli organizatsiyalarda
volontyor bo’ling va har xil tanlovlarda qatnashishga harakat qiling.
To’garaklarga a’zo bo’ling va jismoniy sport bilan shug’ullaning. Bu o’qishdan tashqari
mashg’ulotlar sizning magistraturaga topshirayotganingizda juda asqotadi.!!!
6. Odatda
imtixon savollari kitobning oxiridan ba’zida esa boshqa kitoblarning oxirgi savollar
qismidan ko’p marotaba tushadi shuning uchun ham fan bo’yicha kitob o’qilinayotganda
mavzudan so’ng keladigan savollarga albatta javob berib ketishga harakat qiling.
Undan tashqari tadqiqotlar ko’rsatadiki savol-javoblarda qatnashish mavzu yuzasidagi
bilimni eslab qolishda ko’mak beradi.
7. Group
study – guruxlarda tayyorlanish. Gurux bo’lib guruxdoshlar bilan tayyorlanishni
ham o’z gashti bor. Unda savollar va diskussiya orqali hamda har bir odamning o’z
fikri, qarashi va misollari orqali mavzuni yanada kengroq tushunishga muvaffaq bo’lasiz.
Ba’zida lekin guruxlarda tayyorlanish imtixonga tayyorgarlik emas balkim shunchaki
do’stona suhbat bilan o’tib ketadi. Bu ham qaysidur ma’noda foyda negaki miya
dam olishi kerakku! Asosiysi esa o’sha suhbat sizni imtixonga tayyorlanishda cheklab
qo’ymasin.
8. Doimo o’zingizning
o’rganish qobilyatlaringizga e’tibor bering. Konspekt qilish sizga ijobiy ta’sir
qilsa, konspekt qilib boring. O’rganganda ham doimo bir xil usulda o’rganishdan
cheklaning, turli o’rganish metodlarini kashf qiling masalan , concept mapping,
mindmap, flash cards, savol-javob va hokazo. Shuningdek, fanga nisbatan doimo qiziqish
oshib borsin, negaki qiziqish xotira va o’rganishning asosi hisoblanadi. Mabodo
qiziqish yo’q bo’lsa fanga undan qanday moddiy manfaat olish hamda boshqa fanlarga
va hayotingizga u fanni bog’lashga urining. Deyarli hamma fanlarni to’liq A
baholariga yopuvchi Jahongir Isakovdan bir yana tip : iloji boricha birinchi
yilda o’tilingan fanlarni keying yilgi fanlarga bog’lashga harakat qiling,
negaki ular chambarchas bog’liq tizimda tuzilgan bo’lib, qaysidur fanni yaxshi
tushunmaslik Domino effekti sifatida boshqa fanni o’zlashtirishingizga ta’sir
qiladi.
Qo’shimchasiga,
doimo o’zingizning tayyorlanish odatlaringizga e’tibor bering, kimdir
guruxlarda yaxshi o’rganadi va yana kimlardur esa o’zi yakka kitob o’qish va
internet orqali o’rganishni ma’qul ko’radi. Eng muhimi o’zingiz uchun
ishlaydigan eng yaxshi usulni tanglang.
9. Imtixonda
doimo “surpriz”larga tayyor turing. Goh-gohida imtixon savollari tuzuvchi shaxslar
o’quvchilarga surpriz tayyorlashga usta bo’ladi. Agar maboda shunday bo’lsa ham
havotirga tushmasdan iloji boricha , miyangizdan kelganicha javob yozib
chiqishga harakat qiling. Darvoqe, to’g’ri va savollarga aniq, ravon javob berish
ham muhim. Shuning uchun imtixon savollariga yozish bo’yicha ozgina mashq ziyon
qilmaydi. Ba’zida imtixonda amaliyotga tayyorlansangiz nazariya savollar tushib
qolishi bor va ayrim holatlarda buni aksi bo’ladi. Yoki bo’lmasam siz biladigan
so’zni sinonimi kelib qolishi yoki siz ko’rmagan mavzu kelishi haqiqat. Buning qanchalik
tez anglasangiz shunchalik surpriz siz uchun odatiy holat bo’lib qoladi.
10. Oraliq
nazoratlarida va ayniqsa Assignment (kursovoy ish ) yozayotganingizda bilib qo’ying
Internet sizning eng ishonchi hamrohingiz. Ayniqsa Google, negaki google deyarli
hamma savollaringizga javob bera oladigan darajaga yetgan. Undan tashqari, iloji
bo’lsa o’tgan yilgi studentlarning fan bo’yicha kursovoy ishlarini ko’rib chiqish
ham sizga qaysidur ma’noda kursovoy ishlarigizni yanada mukammal yozishga fikr beradi.
O’qituvchidan aniq kommentlar olish va doimo u bilan aloqada bo’lishni unutmang.
Va iloji bo’lsa fan modul lideridan o’qituvchingiz kursovoy ishni aynan qaysi sohalariga
ko’roq e’tibor berilishini so’rab aniqlashtirib olsin. BU o’ta o’ta muhim!
Xullas,
Yangi o’quv yili bilan Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti yangi
talabalarini (Foundation Yearni) tabriklayman. Ularga o’qishlarida omad va
muvaffaqiyatlar tilab qolaman. O’ylaymanki, yuqoridagi maslahatlar ozgina
bo’lsa ham sizga o’qishingiz davomida asqotadi!!
No comments:
Post a Comment