Monday, September 9, 2013

Blogosfera

Hozirda chet-eldagi ko’plab mashxur insonlarning o’z bloglarini yuritib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Internet odamlarning o’z fikr va qarashlarini omma bilan baham ko’rishda ham chinakamiga yangilik yaratdi. Buni qarangki, O’zbekistonda ham internet foydalanuvchilarining soni ortishi hamda internet tezligining yaxshilanishi oqibatida bir qancha “O’zbek” bloggerlari paydo bo’lib qolmoqda. Ularning qisqa ro’yhatlarini http://uzbloggerlar.blogspot.com/orqali  kuzatib borish bo’yicha loyiha yaqinda ishga tushdi.


Shu o’rinda savol tug’iladi : Blog bu nima? Uning boshqa jurnalistika sohalaridan farqli jihatlari qanday? Bu savollarga javob topish va jurnalistika bo’yicha o’z malakamni oshirish maqsadida Kelajak Ovozi va Fund Forum tomonidan tashkil etilgan Media-oromgohida yaqinda qatnashib keldim. Ochig’i, Media-oromgoh kutganimdan ham a’lo o’tdi, u yerda jurnalist kim va qanday bo’lishi , internet jurnalistika va bosma jurnalistika bo’yicha malaka oshirish, turli shu soha vakillari tomonidan master-klass hamda treyninglarda qatnashib o’zimning xobbi sifatida qaraydigan jurnalistika bo’yicha qalamimni o’tkirlashtirib oldim desam ham bo’ladi. Eng qizig’i, u yerda bir hafta davomida deyarli bir mavzu juda ko’p diskussiya qilindi : Blogger bu jurnalistmi yoki yo’q? Aynan ushbu savol ketidan bir qancha qiziq munozaralarni guvohi ham bo’ldik Blogger jurnalistika bo’yicha ta’lim olishi kerakmi? Unda qanday majburiyatlar bo’lishi lozim? Proffessionalizm hamda havaskorlik bloggerlar orasida?

Shu hisobda olgan taassurotlarim haqida xulosa qilsam, blog bu insonlarning shaxsiy fikrlari yozib boriladigan bir INTERNET KUNDALIK. Blogger yon atrof va o’zi uchun ma’lum bo’lgan soha bo’yicha fikrlari bilan o’rtoqlashishi mumkin. Undan tashqari havaskor bo’lgan jurnalistlar yoki jurnalistikaga dahli bo’lmagan “jurnalistlar” ham o’z so’zini aynan shu orqali ham isbotlashmoqda. Shaxsan o’zim doimo iqtisodchi Pol Krugmannning New York Times dagi bloglarini doim kuzatib boraman.( http://krugman.blogs.nytimes.com/)  Lekin shu o’rinda aytib o’tish darkorki, bu soha ustozlarimizning gaplariga qo’shilmasdan ilojimiz yo’q : jurnalistikaning fundamental qoidalaridan habardor bo’lish ham bloggerning foydasiga bo’ladi . Media-Lagerda yana blogger jurnalismi degan savol ham ko’p yangradi, ko’pchilik fikricha bloggerlar bu havaskor jurnalist.

Fikrlar fikr chaqiradi deb aytgandi, va aynan bizning hozirda fikrga muhtoj bo’lgan paytimizda o’z fikrlarimizni qaysidur joyda saqlab ularni baham ko’rishga muhtojlik sezasan kishi - bu insonning ajoyib instikrlaridan biri bo’lsa kerak. Blogger nafaqat fikr beradi balkim boshqa insonlarda fikr va fikrlashga chaqiradi. Mavzu yuzasidan boshqa rakursdan qarashga o’rgatadi. Savol berishga undaydi , va bizni eng muhim bo’lgan, shaxsiy qarashlarimizni o’tkirlashtiradi. Ammo bu degani blogger hamma narsani yozishi kerak degani emas, albatta unda ma’sulyat  bo’lishi ham kerak.


Kelajakda shuni ham aytishim mumkinki, barcha sof jurnalistlarning ham o’z blogi bo’ladi. Buni hozirdan ham trend sifatida ko’rish mumkin. Shu maqsaddaki, men ham o’z blogimni , shaxsiy e-kundaligimni yuritishni davom ettirmoqdaman. Oldingi blogimni asosan mnemonika va inson miyasi haqida qilganim uchun uni rivojlantirib mnemonika.uz web-saytiga o’tdik , ammo mening o’z shaxsiy fikrlarimni yozib boradigan alohida blogga muhtojlik sezganim va blogosferaning rivojlanishi oqibatida , alohida blogimni qayta yuritishni boshladim.

No comments:

Post a Comment