Saturday, February 1, 2014

Talant yoki Tarbiya?

Haligacha esimda bor, bir do’stim bilan qilgan munozaram naqd 1 soat vaqtimni o’ldirishga ketgan. Uning fikricha insonning talanti , Olloh bergan in’oyati bu muvaffaqiyatga erishishda eng muhimi, men esa qaysarlarcha atrof-muhit, tarbiya muvaffaqiyat garovi deb ta’kidladim. O`shanda o’ta shiddatli debat bo’lgan edi. Haqiqatan, Olloh bergan “podarka” (TALANT) atrof muhitdagi TARBIYADAN ustunmi? Buyuk olimlar, mutaffakkirlar, daholar va o`z sohasining yetuk shaxslari bo`lgan insonlarning tug`ma qobiliyati, ularning atrof muhitdan olgan barcha qobiliyatlaridan afzalmi?
Bu munozara psixologiyadagi eng eski munozaralardan (Nature vs. Nurture ) bo’lib, haligacha yechimi topilgani yo’q. Keling, ushbu blogpostimda men o’z qarashlarimni tafakkurimda sodir bo’lgan ichki munozara sifatida tanganing ikki tomoniga nazar solsak.

Talant tarafiga argumentlar :
  • Barcha talantli insonlar Olloh in'om qilgan qobilyatlari evaziga mashxurlikka erishadi. Bobomiz Alisher Navoiy, Al-Beruniy, Leonardo Da Vinchi , Pushkin, Eynshteyn, Messi va boshqalar o’zida ilk “uchqunlar” bo’lmaganida to’liq potensiallarini ko’rsata olmasdi.
  • Ular shunday mukammallikka erishadiki, boshqalar ko’zi bilan qaraganda, u o’zga sayyoradan kelganlarning ishidek ilk taassurot beradi.
  • Biologik nuqtai nazardan, GENdan GENga o’tish orqali, oilada yanada qobilyatli inson tug’iladi, talantlilar oilasida talantlar qon orqali davom etadi. Bizning xulqlarimiz ham genimizning mahsulotidir.
  •  Qobilyatli insonlar doimo o’ziga sharoit yaratadi. Agarda yetarlicha  sharoit ularga yaratilinib berilmasa yoki ularni ushlab qolish uchun motivatsiya va RAG’BATLANTIRISH yetishmasligi “УТЕЧКА МОЗГОВ”ga olib keladi. Mamlakatning eng aqlli odamlari yaxshiroq sharoitlarni qidirib, chet-elga talantini ko’proq qadrlaydigan joyga ketadi.

KONTRArgument

  • Talantli insnon doimo erkinlik va o’zini yengil his qilgisi keladi ammo QOBIQni ichida qolgan talant hech qachon gullamaydi u albatta so’nadi, ayniqsa boshqa “aqlli” insonlar tomonidan u talant ko’prik sifatida ishlatilinsa, maqsadga erishishda vosita bo’lib qolsa, machalkadek ezilib ketaveradi yoki ildiziga “bolta” urilishi mumkin.
  • O’z sohalarining BO’RILARI hech qachon talantni gullab ketishiga yo’l qo’ymaydi, to`g`rida ko`pgina aqlli kallani nima keragi bor? Talantga tashnalikka oliygohlarimizda kam e’tibor beriladi, chet-el institutlari esa talantli studentlarni o’zlariga jalb qilishda qattiq bel bog’lagan. Negaki, TALANTNI RAG’BATLANTIRISH tuzilmasi ularni kashf qilishdagi eng muhim qadamdir.
  • Hayot qiyinchiliklariga chiday olmagan insonlarni, ming bilimlik bo’lsin, hayot qaqshatib ezib ketadi, bir kam dunyo deydilar-ku. Oddiy misol, MENSA deb nomlangan tashkilotda o’ta aqliy salohiyati yuksak IQ (ay-qyu) bo’lgan shaxslardan iborat bo’lib, ammo ular orasida oddiy farroshlar ham bor, shunchaki o’ta bilimli va talantli degani hayotda “Everest” cho’qqilarini egallaydi degani emas.

Kontrargumetnlar miyamda o’tayotgan paytda, aynan talantli insonlar hayoti davomida o`z talantlarini ishlatmaganligini o`yladim. Darrovda bir-ikkita do’stlarim yodimga tushdi, hozir Rossiyada qora ishda ishlayotganligi ko’z oldimdan o’tdi.  O’tkir Hoshimovning quyidagi gaplari esa da’voyimning gultojisi:

"Otchopar" bozorida qadrdon do'stimni uchratib qoldim. Matematik..Olim..Sigaret sotib o'tirgan ekan..Meni ko'rib ko'zlarini yashirdi. Men ham burilib ketdim...Ikkalamiz bir-birimizdan nega uyalganimizni bilmayman.
Negadir...yig'lagim keldi..
Kelinglar endi, tanganing ikkinchi tomoniga nazar solaylik!

Tarbiyaga va atrof-muhitga ARGUMETNLAR :

  • ТАЛАНТАМ НАДО ПОМОГАТЬБЕЗДАРНОСТИ ПРОБЬЮТСЯ САМИ Talantlilar uchun  do`stlar va oila ko`magi va ham ma`naviy, ham moddiy ko`mag zarurdir. Bir tadqiqotda talantli insonlarning ko’pchiligining oilasida ota-onasining ruhiy qo’llab-quvvatlashi ularning yashirin qobilyatlarni  kashf qilinishiga olib kelganligi isbotlanibti. Alisher Navoiy hamda Pushkin oilasida doim she’riy muhit ustun bo’lgan, Messi esa Barselonadan katta yordam olgan, Da Vinchi davridagi Renessansda qirollar ilm ahliga sponsorlik qilishgan va hkz.
  • Qattiq mehnat, doimiy o’z ustida ishlash, tajriba , sabr odatda muvaffaqiyat kalitlari. Ular hech qachon tabiat tomonidan in’om etilmaydigan muvaffaqiyat parchalari. Talantlik insonlarni talantsizlar bilan solishtirganda bir oltin qoida topilibti, “10 000 SOAT” qoidasi bu xoh Motsart, xoh Stiv Jobs, xoh Krishtianu Ronaldo bo’lsin, ular o’z ustida sohasi bo’yicha 10 000 soatlab qattiq mehnat qilishgan. Ko’rganizdek, sizdan ozgina talant qolganiga esa terlash talab etiladi.
  • Bir kun onam sinfdoshlarining 20 yillik uchrashuvidan keldi va qiziq bir voqeani aytib o’tdi. Sinflaridagi eng ikkichi deb nomlangan o’quvchi hozir oralarida eng qo’li uzun va qudratli insonga aylanib ulguribti. U tadbirkor maktabida topmagan talantini keyin HAYOTDA topgan bo’lsa ne ajab.
  • Hozirgi global hayotda  IXTISOSLASHISH juda muhim hisoblanadi, talant qaysidur yo’nalishga yo’naltirilmasa, hamma narsada ixtisoslasha olaman deb, aks holda umumiy jihatdan foydasiz bo’lib qoladi. Bu holatda talantli inson xuddi tovusni eslatadi -  juda betakror va sanat asari ammo bir tiyinlik ham foydasi yo’q.
  • NETWORKING - aloqangiz sizda qanchalik katta bo’lsa shunchalik siz rivojlanaverasiz. Garvard Biznes Maktabi bitiruvchilarining boshqa bitiruvchlardan aynan farqi , ularning atrofidagi kursdoshlari ertaga ajoyib  “biznes sherik” bo’lib yordam beradi va oqibatida barcha biznes bitiruvchilar muvaffaqiyatga erishadi. Talantga atrof-muhitdan, networkdan yordam kerak bo’ladi.
********

Ammo bu miyamdagi debatimda ham “Happy Ending” bo’lishini xohlayman. TAROZINING IKKI PALLASINI xulosalasam, mening shaxsiy fikrim, odam talantli bo`lib tug`ilishi mumkin va atrof-muhit hamda tarbiya o`sha talantni rivojlantirishda yoki uni so`ndirishda katta ro`l o`ynaydi.

Qaniydi barcha o’qituvchilar shuni tushunsa, olimlar munozaraga nuqta qo’yishsa, har bir insonda yashirin talant borligi va o’sha talantni ochishda esa o’qituvchi va atrof-muhit nechog’lik muhimligini tushunsa edi. TALANT yoki TARBIYA munozarasi yakun topgan bo’larmidi!?

No comments:

Post a Comment