21-asrda
o‘rganish muammo bo‘lmaydi, balki o‘rganishni bilmaslik muammo bo‘ladi.
Alvin Toffler
Bir kuni treyning o’tayotgan paytimda “O’rganishni
o’rganish kerak” degan gapimga, o’tirgan “professor” norozilik bildirdi – “O’rganishni
ham o’rgansa bo’ladimi?, bu mantiqsiz gap” – deya e’tiroz qildi. Haqiqatdan ham
biz o’rganishni bilamizmi? O’rganishni o’rganishnichi?. O’rganish deyilganda xohlagan
sohani olishingiz mumkin – oliygohlarning kirish imtixonlariga tayyorgarlik
ko`rish, chet tillarini o’rganish, rasm chizish-u darslarda mavzuni
o’zlashtirish, sportchilarning o’z ustida ishlab xatolarini bartaraf etishidan
tortib to butun bir tashkilotni boshqarishgacha bo`lgan barcha sohalarni o’z
ichiga oladi.
Qiziqarlisi shuki, ko`plab o’z sohasida yetakchi o’zini
aqlli deb bilgan insonlar o’rganishni bilmasligi hayotda uchrab turadi. Bunga
sabab nimada degan savolga, Kris Agirisning fikricha(Garvard Biznes Maktabi Professori), avvalo ko’p insonlar o’rganish
nima ekanligini noto’g’ri tushunadi va o’rganishni o’z ish stoliga qanday olib
kelishni bilmaydi. Shu oqibatida bir qancha xatoga yo’l qo’yamiz. Xususan,
ko’pchilik o’rganishni shunchaki muammoni yechish deb tor fikr yuritadi. To’g’ri,
muammolarni yechish muhim, lekin haqiqiy o’rganish o’rganuvchining o’zini ichki
tomondan o’rganib, o’z-o’zini tahlil qilib, tanqidiy ravishda xatoga tortuvchi odatlarini
to’g’irlab, qayerda va qanday qilib xato
qilinayotganini tushunib, keyin shu xatoni bartaraf etishni o’z ichiga oladi.
Shuningdek, Kris Agirisning o’ylashicha, o’rganish
ikki xil darajad bo’ladi: birinchi va ikkinchi darajali. Birinchi
darajali o`rganish bu xato yordamida o`rganish va ushbu xatoni qaytarmaslikka
aytiladi. Misol uchun siz blogger sifatida maqola yozdingiz va uni ko`pchilik
yoqtirmadi, aytaylik shrift noto`g`ri tanlangan, siz o`sha xatoni topdingiz va
keying safar ushbu xatoni takrorlamadingiz. Ikkinchi darajali o`rganish esa
“Nega bunday bo`ldi?”, “Bunga nima sabab?”, “Qanday qilib buni takrorlamasa
bo`ladi?” degan savollar orqali fikrlashingizdagi kamchiliklarni bartaraf
etishni o`z ichiga oladi.
Hayotda professional shaxslarning ko’pchiligi birinchi
darajali o’rganishni maktabdan buyon o’rganib bo’lishgan, lekin tanganing
ikkinchi tomoniga o’tmaydi. Ular bajarayotgan ishida juda muvaffaqqiyatliki,
kamdan-kam holatda muvaffaqqiyatsizlikka uchrashadi. Agar to’siqlar chiqib
qolsa, to’g’ri xulosa chiqara olmaydi va oqibatda qachonki muammo duch kelsa,
ular o’zlarini himoya qilishga o’tadi, tanqidlarni tinglamaydi, aybni boshqa
inson yoki vaziyatga to’nkaydi. Haqiqiy o’rganuvchi shaxs aybni o’zidan va
fikrlashlaridan topishga urunib, uni yo’q qilish yo’llarini qidiradi.
O’rganish
bosqichlari
1960 yillarda bir guruh olimlar biz qanday qilib
yangi qobilyatni o’rganishimizni tadqiq qildilar. Unga ko’ra, biz o’rganish
mobaynida 3 bosqichdan o’tamiz. Keling shu 3 bosqinchi mashina haydash misolida
ko’rib chiqsak. Birinchi, siz “fikrlaydigan” bosqichdasiz, mashina
haydashni o’rganasiz, qo’l uzatmalarida shug’ullanasiz va yo’l qoidalarini
o’rganasiz. Ikkinchi “bog’lovchi” bosqichda, endi siz har xolda kerakli
darajada o’rganib bo’ldingiz , kamroq xatolar qilasiz, mashina haydaganda
musiqa bilan hayday olasiz yoki bir qo’lda bemalol ko’chada kezasiz, bunda
mashinani boshqarishdagi jarayonga kamroq konsentratsiya qilasiz. Uchinchi
bosqich esa bu avtopilot bo’lib, mashina haydashdan allaqachon usta bo’ldingiz,
qaramasdan va fikrlamasdan tezlikda uzatmalarni boshqarasiz. Oxirgi bosqichda
siz boshqarish ustidan fikrlashingizni yo’qotasiz, boshqarish odatlarga
odatlanib qolasiz va shu odatlar tufayli ongli ravishda fikrlashdan chiqib
ketasiz. Bir tomondan bu unumli, siz endi har doimgi takrorlanadigan ishlarga
kamroq vaqt sarflab, sizga yanada muhimroq bo’lgan yumushlarga e’tibor qaratasiz.
Lekin aynan shu bosqichda siz o’rganishdan
to’xtaysiz, hech qanday rivojlanish yo’q, doimiy turg’unlik, o’zingizni qulay zonadan
chiqqingiz kelmaydi va o’z ustizda ishlashni xoxlamaysiz. Shu bosqichni olimlar
OK platformasi deb ataydi, bu xuddi o’tib bo’lmas devor bo’lib, agarda siz uzoq
muddat shug’ullanish mobaynida mashina haydashda “Shumaxer” (majoziy ma’noda)
bo’lmagan bo’lsangiz, bilingki siz OK platformasidasiz. Shu nuqta havaskor va
professional odamlarni ajratadigan “devor” hisoblanadi, professional inson
albatta OK turg‘unligidan o‘tib yanada rivojlanadi.
Turg’unlik
devoridan sakrash
Florida Davlat Universitetining psixologiya
professori Andres Erikson ekspertlarning ekspertlarini butun hayoti davomida
o’rgandi , ularning o’rganish qobilyatlari va qanday qilib istisnoiy
muvaffaqiyatga erishganlari ustida tadqiqotlar qildi. Bitta asosiy g’oyasi
shuki, istisnoiy muvaffaqiyatga erishish tug’ma emas aksincha hayotdan
o’rganilgan - “ASlarning ASlari” OK platformasini aqlan yenganlardir.
Labaratoriyada olib borgan tadiqoqtlarda turli sohaning ASlarini o’rganib chiqildi : musiqa daholari, figurali uchish masterlari,
shaxmat groysmesterlari, basketbol o’yinchilarining xotirasi, professional
aktyorlar va hokazo. Natijada deyarli barcha muvaffaqiyatli insonlarda bir xil ishlash
usuli va fikrlash tizimini topildi. Shu munosabtdan A.Erikson OK turg’unligini
yengishga 3 maslahat beradi:
1) Sanoq emas,
Sanoqli Sifat muhim!! Havaskor pianino chaluvchi bilan proffessionallarini farqi shunda ekanki, havaskor ko‘p mashq qiladi,
proffessional esa ko’proq SIFATLI mashq qiladi. Ko’r-ko’rona
ko’p o’z ustida ishlash emas, qanday ishlash ustunroq. Bunda hamma narsada – shaxmat, basketbol, futbol-u
va gitarada o’ynashni o’rganishda ham maqsad va aql bilan shug‘ullanishingiz,
“maqsadli mashqlar” qilish darkor. Ayniqsa, sport ustalari oldiga maqsadlar
qo‘yib, o‘zining qulay zonasidan(osongina shug‘ullanayotgan mashqidan)
yuqoriroq marrani bir xaftada egallayman deb o’ziga bosim beradi. Ko’pincha biz o’zimizning qulay zonamizdan, qolipdan
tashqariga chiqishni xohlamaymiz biroq aynan shu chiqish rivojlanishning yo’li ekanligini
anglash kerak.
2) Xatolar ..
xatolar.. va yana xatolar!! Rivojlanishdagi tur’gunlikni yengish yo‘llardan
yana biri bu xatolarning sonini keskin ko‘paytirish xisoblanadi. Negaki, eng daho
pianino chaluvchilarni o’rganilganda shu narsa ayon bo‘ldiki, ular qaysi notada
ko‘p xato qilishsa, o‘sha nota ustida ko‘proq xato qilib, yaxshilanmagunigacha
ishlar ekan. Yoki kompyuter klaviaturasiga qaramasdan yozishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, ko‘plab xatolar
qilishni davom etib, o‘sha xatolarni takrorlamaslikka harakat qilish,
darhaqiqat, klaviaturadagi yozish tezligingizni oshiradi. Ammo, odatda, maktablarimizda
bizni xato qilmaslikka o‘rgatiladi va xato qilinsa past bahoga loyiq ko‘riladi.
Natijada biz xato qilishdan qo’rqib qolamiz. Xato qilishdan qo‘rqmaslik lozim. Zero, Eynshteyn takidlaganidek siz xato qilmagan
bo‘lsangiz, demak o’rganishga ham urinmagansiz. Xatolarni tahlil qilib o‘rganish va ularni
takrorlamaslik, xohlagan sohaning
muvaffaqiyat garovi.
3) To’g’rilovchi
tanqid – chin ko’maklashish demak.
Sizdan qobilyati ustunroq odamning ko‘maklashishi mavzu yuzasidan qanchalik
rivojlanayotganingizni ko‘rsatadi va o‘rganishga qiziqishingizni oshiradi.
Ko‘mak olsangiz, undan tashqari, xatoyingiz ustida ishlaysiz, xatolarni birma-bir
yo‘qotib, ularning sonini kamaytirasiz. Tanqidiy ko’mak qilinganda ham juda
ehtiyot bo‘lish darkor. Ayrim insonlar tanqidni yomon qabul qiladi va to‘g‘ri
tushunmasligi mumkin. Asosiysi, tanqid shunchaki kamchiliklarni aytish emas, ularni
bartaraf qilish usuli bilan aytilinsa katta yordam bo’ladi, axir “gulzorga
qaychi bilan emas, balki tokqaychi” bilan kirish lozim. To‘g‘rilovchi tavsiyani
ustoz yoki sohaning darg‘alaridan tinglash ayni muddao bo‘ladi, ularning tajribasi
bebaho bo’lib chiqadi. Misol tariqasida, futbolda Krishtianu Ronaldoni shu
darajaga chiqishida ustozlari Ser Aleks Fergyusson va Rene Melestyanning to’g’rilovchi
tavsiyalari katta ro’l o’ynaganligini futbol muxlislari yaxshi biladi.
Qisqasi, biz o’rganish haqida noto’g’ri tushunchaga egamiz
hamda OK platformasiga kelganimizda, bu devordan o’tish yo’llarini bilmaymiz
yoki buni qanday bilishni ham bilmaymiz. Muhimi shu maqoladan o’rganishni
qanday jarayon ekanligini tushunib, keyingi safar xohlagan sohangizda oqsaganizda
xatoyimdan o’rgandimmi yoki o’rganishni o’rgandimmi deb savol bering. Maqolamni
boshidagi “professorni” savoliga esa “HA” o’rganishni o’rgansa bo’ladi deb
javob qaytaraman!!
Like
ReplyDelete