Thursday, December 19, 2013

BRAINCLUB natijasi!!!!

Bugun bir studentimdan xotira mashqlarining natijasi haqida feedback oldim. Ochig’i bunday ijobiy fikrlarni olish meni doimo ilhomlantirib, ruhlantirib, yanada ko’proq ishlashga undaydi. U qizning ismi Zebo bo’lib, meni oldimga 4 oy oldin kelgandi. Ilk kelganidan boshlab o’z muammosini aniq menga aytdi: KONSENTRATSIYA. Darsda o’tirsa va umuman hayotda ko’p holatlarda fikrini bir joyga qo’ya olmayotganidan nolidi. Va men shunga monand bir mashqni tavsiya qildim. Mana quyida o’sha mashqning qanday qilish haqida ko’rsatma.

DIQQAT : agar sizda ham konsentratisya bo’yicha muammo bo’lsa bemalol shu mashqdan foydalanishingiz mumkin.

MASHQ : Ko’z oldingizda bir nuqtani belgilab olasiz va o’sha nuqtaga qarab o’tirasiz. Maqsad bir nuqtaga, faqat bir nuqtaga qarab ko’proq muddatda diqqatni jamlash. Konsentratsiya qilgan paytda esa hayolingizga har xil fikrlar kela boshlaydi va shunday bo’lganda ham siz fikrlaringiz oqimini oddiygina bir nuqtaga qayta qarating. Va shu zaylda har kuni ko’proq minut shunday qilishga harakat qilib ko’ring.

Qizig’i, Zebo boshida bu mashqni qilganida atigi 45 sekund e’tiborini ushlab qolibti, keyin esa kunma kun mashqlar oqibatida 1 oy deganda naqd 45 minut davomida bir nuqtaga qaraydigan darajaga yetishibti. Buning natijasi o’laroq, Zebo endi darslarda turli xil hayollar bilan emas aniq fanni o’ylaydigan, uy ishi qilayotganda turli bo’lar-bo’lmaslarga hayolini berib qo’ymaydigan darajaga chiqdi. Undan tashqari , Zebo mnemonika texnikalarini o’qish jarayonlarida, hayotida, va yangi so’zlar yodlashda qo’llab ajoyib natijalarga ega bo’layotgani hamda o’z o’ziga bo’lgan ishonchi oshdi ham!!!! Bu tajriba meni juda ham hursand qildi.


Demak, biz asosiy maqsaddan chetga chiqmagan holda o’quvchilarning o’rganish sohalariga foydamiz tegdi. Balkim bu yerda oddiygina ko’p mashq qilish yotar, yoki kuchli motivatsiya, yoki tinimsiz ishtiyoq. Nima bo’lganda ham bunday fikrlar, va tajriba biz uchun foyda berishini ko’rsatadi.

No comments:

Post a Comment