Mana ikki yildan beri doimgidek Yangi yilga New Year
Resolutionlari bilan kirmoqdaman. Bilmaganlar uchun eslatma: New Year Resolutionlari
bu 10 ta qarorlaringiz bo’lib yangi yilda erishmoqchi bo’lgan maqsadlaringizni
qog’ozga tushirish hisoblanadi.Bu yil esa menda 11 ta bo’lib ketti, quyida
mening rezolushnlarim :
1. O’qishimda
birinchi darajali diplom bilan bitirish
2.Kitobim
yanvarning o’rtalarida chiqishi kerak
3.Armiyaga
borib xizmat qilib kelish
4.O’zbekiston
Xotira Chempionati
5.Fitnessga
borish
6.Ish bo’yicha
tajribamni oshirish, experiencega
7.Albatta bu
yil yangi narsani o’rganish, yangi qobilyatlarni kashf qilish
8.Yomon
illatlarimni kamaytirish va yaxshi hislatlarimni oziqlantirish
9.Master’sga
tayyorgarlik
10.O’z
loyiham va fikrlarimni realizatsiya qilish
11. ???????
(bunisi o’ta shaxsiy)
Albatta bularning hammasini o’z kundaligimda yozib boraman! Bunday
odatni qilishdan avval , men o’zimga bunaqa ishni nima keragi bor edi deb o’ylardim.
Xato o’ylagan ekanman, o’tgan yillarga qarasam deyarli hamma maqsadlarimning
yoki rezolushnlarimning 60-70 % gacha amalga oshiribman va bu ish menga yil
sarxisobi , uni qayta xulosalashda ham qo’l keladi.
Keyin bu hodisaga ilmiy adabiyotdan asos topishga urundim ,
aniqlanishicha shunchaki qog’ozga yozilgan maqsadlar yozilmaganlardan ko’ra ko’proq
amalga osharkan. Agarda shu yozilgan maqsadni boshqa insonlar bilan baham ko’rilsa
unga erishish ehtimoli yanada oshar ekan. Ilmiy tomondan tekshirilib, xulosa
qilinibti. Shunday ekan Yangi yillaringiz bilan tabriklayman va yangi yilda
yangi marralarni erishingizga, rezolushnlaringizni egallashingizni tilab
qolaman!!! HAPPY NEW YEAR 2014!!
Ushbu Rezolushnlaringizni barchasiga erishishingiz tarafdoriman! Happy New Year!!!
ReplyDeleteKatta rahmat ukam!
Delete